IBN SINONING “HAYY IBN YAQZON” RISOLASIDA SINTAKTIK QURILMA VA ILMI MAONIY NIZOMI
DOI:
https://doi.org/10.67227/vyqhf260Kalit so‘zlar:
Ibn Sino, “Hayy ibn Yaqzon”, ilmi maoniy, balog‘at, noetik diskurs, pragmatik sintaksis, muqtazoi hol, musnadi ilayh, qasr, fasl va vasl, ijozi qisar, faol aql, gnoseologiya.Abstrak
Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning falsafiy-allegorik merosiga mansub “Hayy ibn Yaqzon” risolasi mumtoz arab ritorikasi — ilmi maoniy (علم المعاني) qonuniyatlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda asarning gnoseologik tabiati, xususan, faol aql (العقل الفعّال) va insoniy notiq nafs (النفس الناطقة) o‘rtasidagi noetik muloqotning sintaktik ifodasi yoritilgan. Allomaning asl arabiy matni misolida nutqning holat taqozosiga muvofiqligi (muqtazoi hol), xabariy gaplarning ko‘chma ma’nolari (izhor uz-za’f, at-taajjub), musnadi ilayh va musnaddagi ta’rif, tankir hamda taqdim usullari tadqiq etilgan. Shuningdek, nafs kishanlaridan aqliy xalos bo‘lish (tajarrud) konsepsiyasini shakllantirishda qasr mexanizmlari, inshoi talabiy konstruksiyalari, fasl-vasl munosabatlari va ijozi qisar tamoyilining funksional-semantik yuklamasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Yuklashlar
Havolalar
1. أحمد أمين. نصوص وتحقيقات. – القاهرة: دار المعارف، 1952.
2. ابن سينا، أبو علي الحسين بن عبد الله. الإشارات والتنبيهات / مع شرح نصير الدين الطوسي؛ تحقيق سليمان دنيا. – القاهرة: دار المعارف، 1958.
3. الجرجاني، عبد القاهر. دلائل الإعجاز في علم المعاني / قرأه وعلّق عليه محمود محمد شاكر. – القاهرة: مكتبة الخانجي، 1984.
4. السكاكي، سراج الدين أبو يعقوب يوسف بن أبي بكر. مفتاح العلوم / ضبطه وكتب هوامشه نعيم زرزور. – بيروت: دار الكتب العلمية، 1987.
5. القزويني، جلال الدين محمد بن عبد الرحمن (الخطيب القزويني). الإيضاح في علوم البلاغة (المعاني والبيان والبديع) / تحقيق محمد عبد المنعم خفاجي. – بيروت: دار الجيل، 1993.
6. التفتازاني، سعد الدين مسعود بن عمر. مختصر المعاني (شرح تلخيص مفتاح العلوم). – قم: دار الفكر، 1411هـ.
7. ابن طفيل، أبو بكر محمد بن عبد الملك. رسالة حي بن يقظان / تحقيق ليون غوتيه (Léon Gauthier). – بيروت: المطبعة الكاثوليكية، 1936.
8. Corbin H. Avicenna and the Visionary Recital / trans. by W. R. Trask. – Princeton: Princeton University Press, 1960.
9. Irisov A. Abu Ali ibn Sino: Hayoti va ijodiy merosi. – Toshkent: Fan, 1980.
10. Irisov A. Ibn Sino qissalari (arabchadan tarjima, so‘zboshi va izohlar). – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.
11. Rustamiy S. Mumtoz arab ritorikasi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2011.
12. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o‘rta asrlar). – Toshkent: O‘zbekiston, 1993.