PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ADABIYOTLARDA BOLALARNING IJTIMOIY-KOMMUNIKATIV ALOQALARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARINING YORITILISHI
DOI:
https://doi.org/10.67227/p8zk8z52Kalit so‘zlar:
ijtimoiy kommunikatsiya, muloqot, kommunikativ ko‘nikma, ijtimoiy aloqa, verbal kommunikatsiya, noverbal kommunikatsiya, kommunikativ kompetensiya, alohida ta’lim ehtiyojlari, intellektual rivojlanish, maxsus pedagogika.Abstrak
Mazkur maqolada psixologik-pedagogik adabiyotlarda bolalarning ijtimoiy-kommunikativ aloqalarini shakllantirish muammosining yoritilishi tahlil qilinadi. Muloqotning bolaning aqliy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishidagi o‘rni, kommunikativ ko‘nikmalarning mazmuni, verbal va noverbal aloqa vositalari hamda ularni shakllantirishning pedagogik shartlari ochib beriladi. Ayniqsa, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan, jumladan, intellektual rivojlanishida qiyinchiliklari mavjud bolalarda muloqotga kirishish, ehtiyoj va istaklarini ifodalash, yordam so‘rash, suhbatni boshlash va davom ettirish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Psixologik-pedagogik manbalar tahlili asosida kommunikativ rivojlanish bolaning real faoliyati, o‘yin, tengdoshlar bilan hamkorlik va kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatlash jarayonida samarali shakllanishi asoslanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Abidova N. Z., Xodjabekova S. A. Aqli zaif o‘quvchilarning nutqiy faolligini rivojlantirish // Innovatsii v pedagogike i psixologii. – 2021. – T. 4. – № 8.
2. Abduqodirov A. Maxsus pedagogikada kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish // Pedagogika jurnali. – Toshkent, 2012.
3. Amirsaidova Sh. M. Maxsus psixologiya (Oligofrenopsixologiya). – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
4. Mo‘minova L., Amirsaidova Sh., Xamidova M., Djalalova Z., Abidova N. Maxsus psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiyalar markazi, 2013.
5. Nishanova Z., Qurbonova Z., Abdiyev S. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. – Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2011.
6. Nurkeldiyeva D. A. Pedagogik-psixologik diagnostika. – Toshkent: VNESHINVESTPROM, 2019.
7. Pulatova M. Oligofrenopedagogika. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2005.
8. Xamidova M. U. Maxsus pedagogika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
9. Xodjabekova S. A. O‘quvchilar nutqiy faolligini rivojlantirish yo‘llari // Inklyuziv ta’lim: strategiya, fan, amaliyot va texnologiyalar. – Toshkent, 2021.