BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK XUSUSIYATINI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA MAKTAB MUHITINING ROLI
DOI:
https://doi.org/10.67227/xzdpby71Kalit so‘zlar:
kitobxonlik, kitobxonlik xususiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, o‘qituvchi, maktab muhiti, o‘qish motivatsiyasi, matnni anglash, kitob o‘qishga qiziqish, individual yondashuv, maktab-oila hamkorligi.Abstrak
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik xususiyatini shakllantirishda o‘qituvchi faoliyati va maktab muhitining o‘rni empirik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda 112 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ishtirok etib, ularning kitobxonlikni rivojlantirish metodlari, o‘quvchilarning o‘qilgan matnni tushunish darajasi, kitob o‘qishga qiziqishi past bo‘lgan bolalar bilan ishlash usullari hamda ota-onalar bilan hamkorligi o‘rganilgan. Natijalarga ko‘ra, o‘qituvchilarning 46,0 foizi sinfda kichik kutubxona tashkil etish, 29,0 foizi o‘qilgan kitoblarni muhokama qilish, 22,0 foizi esa sevimli kitoblarni tavsiya etish usulidan foydalanadi. O‘quvchilarning 56,0 foizi o‘qilgan matnni juda yaxshi, 42,0 foizi esa o‘rtacha darajada tushunishi qayd etilgan. Kitob o‘qishga qiziqishi past o‘quvchilar bilan ishlashda osonroq kitoblarni tavsiya qilish (43,0%) hamda rag‘batlantiruvchi o‘yin va topshiriqlardan foydalanish (42,0%) ustunlik qilgan. O‘qituvchilarning 89,0 foizi o‘qish odatlarini rivojlantirish masalasini ota-onalar yig‘ilishlarida muhokama qilishini bildirgan. Natijalar kitobxonlikni rivojlantirishda metodik, individual va ijtimoiy-muloqotga asoslangan yondashuvlarni uyg‘unlashtirish hamda maktab-oila hamkorligini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Vygotsky L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978.
2. Bandura A. Social Learning Theory. – Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall, 1977.
3. Bruner J. S. The Process of Education. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1960.
4. Deci E. L., Ryan R. M. The “What” and “Why” of Goal Pursuits: Human Needs and the Self-Determination of Behavior // Psychological Inquiry. – 2000. – Vol. 11, No. 4. – P. 227–268.
5. Leontiev A. N. Activity, Consciousness, and Personality. – Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall, 1978.
6. Soliyev M. T. Kichik maktab yoshidagi bolalarda kitobxonlik xususiyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarning empirik tahlili // O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti ilmiy axborotlari. – Toshkent, 2025.
7. Салиев М. Т. Психологические основы формирования чтения у детей младшего школьного возраста // Вестник интегративной психологии. – 2025.