INGLIZ VA O‘ZBEK BADIIY MATNLARIDA SIMMETRIYA VA ASIMMETRIYANING LINGVOKULTUROLOGIK IFODALANISHI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/kfsv6w41

Kalit so‘zlar:

simmetriya, asimmetriya, lingvokulturologiya, badiiy matn, parallelizm, antonimik oppozitsiya, milliy-madaniy mazmun, qiyosiy tahlil, ingliz adabiyoti, o‘zbek adabiyoti.

Abstrak

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida simmetriya va asimmetriyaning lingvokulturologik ifodalanish xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda simmetriya va asimmetriya faqat strukturaviy hodisa sifatida emas, balki badiiy matnda milliy-madaniy mazmun, aksiologik qarashlar va muallifning konseptual pozitsiyasini shakllantiruvchi vosita sifatida o‘rganiladi. Asosiy metod sifatida qiyosiy-lingvokulturologik tahlildan foydalanildi. Charles Dickensning A Tale of Two Cities, William Shakespearening Macbeth hamda Cho‘lponning Kecha va kunduz asarlaridan olingan misollar asosida sintaktik parallelizm, antonimik juftliklar, semantik oppozitsiyalar va obrazlararo nomutanosiblik tahlil qilindi. Natijalar strukturaviy simmetriya ko‘pincha semantik yoki aksiologik asimmetriya bilan birgalikda namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. Ingliz badiiy matnlarida ushbu hodisalar individual tanlov, axloqiy ziddiyat va ijtimoiy beqarorlikni ifodalashga xizmat qilsa, o‘zbek badiiy matnlarida milliy uyg‘onish, an’ana, ma’rifat, ijtimoiy me’yor va shaxs erkinligi bilan bog‘liq mazmunlarni ifodalashda faol ishtirok etadi. Tadqiqot natijalari simmetriya va asimmetriyani badiiy matnning milliy-madaniy semantikasini shakllantiruvchi o‘zaro bog‘liq lingvopoetik hodisalar sifatida talqin qilish imkonini beradi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Sharifian F. Cultural Linguistics and Linguistic Relativity // Language Sciences. – 2017. – Vol. 59. – P. 83–92. – DOI: 10.1016/j.langsci.2016.06.002

2. Wierzbicka A. Understanding Cultures Through Their Key Words: English, Russian, Polish, German, and Japanese. – New York: Oxford University Press, 1997. – DOI: 10.1093/oso/9780195088359.001.0001

3. Verdonk P. Painting, Poetry, Parallelism: Ekphrasis, Stylistics and Cognitive Poetics // Language and Literature. – 2005. – Vol. 14, No. 3. – P. 231–244. – DOI: 10.1177/0963947005054479

4. Menninghaus W., Wagner V., Schindler I., Knoop C. A., Blohm S., Frieler K., Scharinger M. Parallelisms and Deviations: Two Fundamentals of an Aesthetics of Poetic Diction // Philosophical Transactions of the Royal Society B. – 2024. – Vol. 379, No. 1895. – Article 20220424. – DOI: 10.1098/rstb.2022.0424

5. Ashurova D. U., Galieva M. R. Cultural Linguistics: Main Issues, Trends and Tasks // Uzbekistan: Language and Culture. – 2019. – No. 2. – DOI: 10.52773/tsuull.uzlc.2019.2/UBBD9506

6. O‘ralova N. I. The Theoretical Foundations of Syntactic Parallelism in Uzbek and Foreign Linguistics // Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture. – 2026. – Vol. 7, No. 3. – DOI: 10.51699/cajlpc.v7i3.1548

7. Linguistic Parallelism in the English-Language Poetic Text: Cognitive-Stylistic Potential and Interpretation // Foreign Languages in Uzbekistan. – 2021. – Source

8. Azimova Z. Linguoculturological Features of Symmetry and Asymmetry in Literary Texts in English and Uzbek // Oriental Journal of Philology. – 2025. – P. 414–421. – DOI: 10.37547/supsci-ojp-05-07-59

9. Dickens C. A Tale of Two Cities. – Project Gutenberg. – Source

10. Shakespeare W. Macbeth. – Folger Shakespeare Library. – Source

11. Cho‘lpon A. Kecha va kunduz. – Ziyouz elektron kutubxonasi. – Manba

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-09-05

Qanday havola qilish kerak

INGLIZ VA O‘ZBEK BADIIY MATNLARIDA SIMMETRIYA VA ASIMMETRIYANING LINGVOKULTUROLOGIK IFODALANISHI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(9), 331-334. https://doi.org/10.67227/kfsv6w41