BUXORO ULAMOLARI: AN’ANAVIYLIK VA ZAMONAVIYLIK O‘RTASIDAGI KURASH
DOI:
https://doi.org/10.67227/pecmsf82Kalit so‘zlar:
ulamolar, islom, shariat, hadis, an’anaviylik, zamonaviylik, islohot, jadidlar, qadimchilar.Abstrak
Buxoro amirligida ulamolar davlat boshqaruvi, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotda muhim o‘ringa ega bo‘lgan. Ular islom dini va uning ahkomlarini mukammal bilganlar va barcha sohada bunga qat’iy amal qilganlar. Ammo XIX asr oxiri – XX asr boshlarida mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Buxoro ulamolari an’anaviy qadriyatlar tarafdori bo‘lgan qadimchilar va jamiyatni isloh qilishga intilgan jadidlarga bo‘lindi. Qadimchilar jamiyatdagi har qanday o‘zgarishni islom dini va mavjud tartiblarga qarshi deb baholab, davlat boshqaruvi, ta’lim tizimi, jamiyatning deyarli barcha sohalarida eski tartiblarni saqlashga harakat qilganlar. Jadidlarning maqsadi esa islomni xurofotdan tozalash, maktab va madrasalarni zamon talablariga moslashtirish, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan islohotlarni amalga oshirish hamda millatni ilm bilan qutqarish bo‘lgan. Maqolada ulamolarning ikki toifasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik, mafkuraviy kurash yangi usul maktablari va islohotlarning diniy-huquqiy asoslarini yoqlab chiqqan Muhammad Ikrom ibn Abdussalom Buxoriy va har qanday yangilikni “bid’at” hisoblagan mutaassib ulamolar yetakchisi muftiy Abdurazzoq, madrasa mudarrisi mulla Qamariddin misolida tahlil qilinadi. Buxoro amirligida an’anaviylikdan taraqqiyotga o‘tish davridagi murakkab siyosiy jarayonlar yoritiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Abdurauf F. Najot yo‘li / tarjima, so‘zboshi va izohlar mualliflari Sh. Vohidov, G. Muzaffarzoda. – Toshkent: Sharq, 2001.
2. Ayniy S. Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar. – Moskva, 1926.
3. Buxoroi Sharifda paydo bo‘lgan betartibliklar xususida // Turkiston viloyatining gazeti. – 1910. – Yanvar.
4. Domla Muhammad Ikrom mufti Buxoriy. Iyqozu-n-noimiyn va i’ lomu-l-johiliyn.
5. Xo‘jayev F. Buxoro inqilobining tarixiga materiallar.
6. Inoyatov A., Soliyeva M. Zulmatdagi ziyokorlar. – Toshkent: Hilol-nashr, 2016.
7. Muftizoda. Ulamolarimiz // Sadoyi Turkiston. – 1914. – 5-noyabr.
8. O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA). – I-3-jamg‘arma, 2-ro‘yxat, 215-yig‘majild, 1–55-varaqlar.
9. O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA). – I-461-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1168-yig‘majild, 225-varaq.
10. O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA). – I-3-jamg‘arma, 2-ro‘yxat, 215-yig‘majild, 65–66-varaqlar.
11. O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA). – I-461-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1168-yig‘majild, 180-varaq.
12. O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA). – I-461-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1312-yig‘majild, 447-varaq.
13. O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA). – I-461-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1315-yig‘majild, 502-varaq.
14. O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA). – I-461-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1470-yig‘majild, 38-varaq.
15. O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA). – I-461-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1312-yig‘majild, 494-varaq.