SHIHOBIDDIN MARJONIY PEDAGOGIK QARASHLARINING SHAKLLANISHIDAGI TARIXIY-PEDAGOGIK OMILLAR: VOLGABO‘YI VA BUXORO TA’LIM MUHITI MISOLIDA

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/mc6pyr18

Kalit so‘zlar:

Shihobiddin Marjoniy; Olimjon Barudiy; tarixiy-pedagogik omillar; Buxoro madrasalari; usuli qadim; taqlid va ijtihod; jadidchilik; Volgabo‘yi va Turkiston.

Abstrak

Maqolada Shihobiddin Marjoniy (1818–1889) pedagogik qarashlarining shakllanishiga ta’sir etgan tarixiy-pedagogik omillar tarixiylik tamoyili asosida tahlil qilinadi hamda uning g‘oyalarining Olimjon Barudiy (1857–1921) bilan bog‘liq jadidchilik bosqichiga munosabati yoritiladi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy tahlil, davrlashtirish va manbashunoslik metodlaridan foydalanilgan. Natijalar to‘rt guruh omilni — ijtimoiy-siyosiy muhit, an’anaviy maktab va madrasa ta’limidagi inqiroz, Utiz-Imyaniy va Kursaviy ilgari surgan ijtihod an’anasi hamda Buxoro madrasalaridagi shaxsiy ta’lim tajribasini — ajratish mumkinligini ko‘rsatdi. Marjoniyning besh bandli islohot dasturi ta’lim mazmunini sharh-hoshiyalardan asl manbalarga qaytarish, dunyoviy fanlarni kiritish va mustaqil fikrlashni pedagogik tamoyil darajasiga ko‘tarish bilan xarakterlanadi. 1865–1870-yillardagi imperiya siyosati uning keyingi faoliyati va Barudiy davri uchun asosiy kontekst bo‘lgani aniqlandi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-10-05

Qanday havola qilish kerak

SHIHOBIDDIN MARJONIY PEDAGOGIK QARASHLARINING SHAKLLANISHIDAGI TARIXIY-PEDAGOGIK OMILLAR: VOLGABO‘YI VA BUXORO TA’LIM MUHITI MISOLIDA. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(10), 105-110. https://doi.org/10.67227/mc6pyr18