MADANIYATNING KLASSIK QIYOFASINING DEAKSIOLOGIZATSIYASI
DOI:
https://doi.org/10.67227/7sgv9554Kalit so‘zlar:
madaniyat, klassik madaniyat, aksiologiya, qadriyat, deaksiologizatsiya, madaniy qadriyatlar, axborotlashtirish, raqamlashtirish, axborot jamiyati, ommaviy madaniyat, madaniy transformatsiya, ma’naviy qadriyatlar, qadriyatlar tizimi, madaniy identiklik, virtual makon.Abstrak
Mazkur maqolada madaniyatning klassik qiyofasida yuz berayotgan aksiologik o‘zgarishlar, xususan, an’anaviy qadriyatlarning mavqeyi pasayishi va ularning zamonaviy ijtimoiy-madaniy muhitda qayta talqin qilinishi masalasi tahlil etiladi. Tadqiqotda madaniyatning tarixan shakllangan qadriyatlar tizimi, uning inson dunyoqarashi, ma’naviy hayoti va ijtimoiy xulq-atvorini tartibga solishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, axborotlashtirish, raqamlashtirish, ommaviy kommunikatsiyalar va virtual makonning kengayishi natijasida madaniy qadriyatlarning mazmuni, ierarxiyasi va uzatilish mexanizmlarida yuz berayotgan o‘zgarishlarga e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda mutlaq va nisbiy qadriyatlar o‘rtasidagi farq, madaniyatning asosiy qadriyatlarini saqlash masalasi hamda zamonaviy axborot muhitining insonning aksiologik qarashlariga ta’siri falsafiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. Madaniyatning deaksiologizatsiyasi nafaqat ayrim qadriyatlarning qadrsizlanishi, balki ularning jamiyatdagi funksiyasi, avlodlararo uzatilishi va insonning ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlariga ta’sirining o‘zgarishi sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy jamiyatda madaniy o‘zlikni, ma’naviy merosni va fundamental qadriyatlarni saqlash masalasining dolzarbligini ko‘rsatadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Глобалистика: энциклопедия / гл. ред. и сост. И. И. Мазур, А. Н. Чумаков. – М.: Диалог; Радуга, 2003. – 1328 с. – ISBN: 5-05-005661-6. – URL: https://www.encyclopedia.ru/cat/books/book/42693/.
2. Краткая философская энциклопедия / ред.-сост. Е. Ф. Губский, Г. В. Кораблева, В. А. Лутченко. – М.: Прогресс, 1994. – 575 с. – ISBN: 5-01-004135-9. – URL: https://www.encyclopedia.ru/cat/books/book/8897/.
3. Миронов В. В. Коммуникационное пространство как фактор трансформации современной культуры и философии // Вопросы философии. – 2006. – № 2. – С. 27–43. – URL: https://philos.msu.ru/node/2438.
4. Nazarov Q. Falsafa asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005. – 384 b. – ISBN: 5-640-03202-2. – URL: https://akbt.uzdxa.uz/uz/books/215.
5. Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. – Toshkent: Universitet, 1998. – 184 b. – URL: https://akbt.tkti.uz/uz/books/4824.