GOSPITAL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING XORIJIY MODELLARI: AQSH VA FINLANDIYA TAJRIBASINING QIYOSIY-PEDAGOGIK TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.67227/m9k95211Kalit so‘zlar:
gospital ta’lim, gospital pedagogika, ta’lim uzluksizligi, individual pedagogik yondashuv, pedagogik moslashtirish, fanlararo hamkorlik, gospital maktab.Abstrak
Mazkur maqolada uzoq muddatli davolanish jarayonida bo‘lgan o‘quvchilarning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning o‘quv faoliyatidagi uzilishlarni kamaytirish hamda individual pedagogik yordamni tashkil etish masalalari AQSH va Finlandiya tajribasi asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotda har ikki mamlakatda gospital ta’limni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar, ta’lim xizmatlarini tashkil etish shakllari, pedagogik moslashtirish imkoniyatlari va o‘quvchilarni umumta’lim muhitiga qayta jalb etish mexanizmlari qiyosiy tahlil qilingan. Ilmiy manbalar va me’yoriy hujjatlarni o‘rganish orqali gospital ta’limning samaradorligi faqat davolanish davrida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bilan belgilanmasligi, balki tibbiy, pedagogik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jarayonlarining o‘zaro muvofiqligiga bog‘liqligi asoslab berilgan. Qiyosiy tahlil natijasida gospital ta’lim uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tizimlashtirilgan hamda O‘zbekiston ta’lim amaliyotida foydalanish mumkin bo‘lgan tashkiliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Yuklashlar
Havolalar
1. Black E. W., Ferdig R. E., Fleetwood A., Thompson L. A. Hospital Homebound Students and K–12 Online Schooling // PLOS ONE. – 2022. – Vol. 17, № 3. – Art. e0264841. – DOI: 10.1371/journal.pone.0264841.
2. Ormiston H. E., Husmann P. R., Wikel K. C., Ruark C., Reisinger D. L., Curtin M. J. An Exploratory Study of Educators’ Perspectives Towards Hospital School Program Support for Children with Special Health Care Needs After Hospitalization // Continuity in Education. – 2024. – Vol. 5, № 1. – P. 31–49. – DOI: 10.5334/cie.110.
3. Carr L. E. Pediatric Mental Health Hospitalizations and the Return to School: School-Based Provider Perspectives on Communication, Collaboration, and Systematic Practices: PhD Dissertation. – Chicago: Loyola University Chicago, 2021.
4. U.S. Department of Education. Individuals with Disabilities Education Act. 34 CFR § 300.39: Special Education [Elektron resurs]. – URL: https://sites.ed.gov/idea/regs/b/a/300.39.
5. U.S. Department of Education. Individuals with Disabilities Education Act. 34 CFR § 300.115: Continuum of Alternative Placements [Elektron resurs]. – URL: https://sites.ed.gov/idea/regs/b/b/300.115.
6. Republic of Finland. Basic Education Act 628/1998, Section 4a. Amendment 1090/2024 [Elektron resurs] // Finlex: Finlandiya rasmiy qonunchilik bazasi. – 2024. – URL: https://finlex.fi/fi/lainsaadanto/saadoskokoelma/2024/1090.
7. City of Helsinki. Consultative Hospital Education Service [Elektron resurs] // City of Helsinki: rasmiy veb-sayt. – URL: https://www.hel.fi/en/childhood-and-education/consultative-hospital-education-service.
8. Finnish National Agency for Education. Konsultatiivinen sairaalaopetuspalvelu [Elektron resurs]. – URL: https://www.oph.fi/fi/koulutus-ja-tutkinnot/konsultatiivinen-sairaalaopetuspalvelu.