AMIR SHOHMUROD QARASHLARIDA ADOLAT VA IJTIMOIY TARTIB KONSEPSIYASI: “FATAVAI AHLI BUXORO” ASARI ASOSIDA FALSAFIY TAHLIL
DOI:
https://doi.org/10.67227/vesncn39Kalit so‘zlar:
Amir Shohmurod, “Fatavai ahli Buxoro”, adolat, ijtimoiy tartib, falsafa tarixi, ijtimoiy-falsafiy tafakkur, axloq, huquq, fiqh, jamiyat, hokimiyat, ijtimoiy mas’uliyat.Abstrak
Ushbu maqolada Amir Shohmurod ta’limotida adolat va ijtimoiy tartib masalalarining mazmun-mohiyati “Fatavai ahli Buxoro” asari asosida falsafiy-tarixiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Amir Shohmurod davridagi ijtimoiy-siyosiy tafakkurda adolat tamoyilining jamiyatdagi tartibni ta’minlash, huquqiy me’yorlarni belgilash va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishdagi o‘rnini aniqlashdan iborat.
“Fatavai ahli Buxoro”da bayon etilgan fiqhiy-huquqiy masalalar orqali jamiyat hayotida tartibni ta’minlash, huquq va majburiyatlarni belgilash, mulkiy va oilaviy munosabatlarni tartibga solish, jinoyat va jazo masalalariga munosabat hamda ijtimoiy mas’uliyat kabi muammolar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mazkur me’yorlar zamirida adolat, tartib, mas’uliyat va axloqiy me’yorlarning o‘zaro bog‘liqligi namoyon bo‘lishi ochib beriladi.
“Fatavai ahli Buxoro” asarining tahlili Amir Shohmurod davridagi ijtimoiy tafakkurda shaxs, jamiyat, hokimiyat va huquq o‘rtasidagi munosabatlarni anglashning muhim jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Shu jihatdan mazkur manba XVIII asr oxiri – XIX asr boshlaridagi Buxoro ijtimoiy-falsafiy tafakkurida adolat va ijtimoiy tartib haqidagi qarashlarni o‘rganishda muhim tarixiy-intellektual manba sifatida baholanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 47.
2. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida / tarj. M. Qodirov. – Toshkent, 2001. – B. 29.
3. Amir Shohmurod ibn Doniyolbiy. Fatavoi ahli Buxoro // O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi. – Inv. № 5804. – B. 45.
4. Hayitov Sh., Rahmonov K., Ahmadov O. Buxoro va buxoriylarning jahoniy shuhrati. – Toshkent: Navro‘z, 2020. – B. 65–66.
5. Humuliy. Tarixiy asar. – B. 45–47.
6. Mir Abdulkarim Buxoriy. Tarixi Nadimiy // Shefer Sh. Histoire de l'Asie Centrale. – Parij, 1876. – B. 56; tarjima qismi – B. 126.
7. Miriy ibn Shohmurod. Fathnoma / fors tilidan tarjima va izohlar bilan. – Toshkent: Fan, 2021. – B. 96–98.
8. Miriy. Fathnoma // O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi. – Amir Shohmurodning Karmanadagi faoliyatiga oid ma’lumotlar.
9. Muhammad Ya’qub Buxoriy. Gulshan ul-muluk. – Toshkent: Fan, 1981. – B. 112–114.
10. Ya’qubi Charxiy. Risola dar manoqib va aqoid // O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi. – Inv. № 5478/VII. – B. 247.