YUNON-RIM MANBALARIDA O‘RTA OSIYO TARIXI: MILODDAN AVVALGI VI-IV ASRLAR TARIXI TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.67227/abe6x064Kalit so‘zlar:
O‘rta Osiyo, yunon-rim manbalari, antik tarix, Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Arrian, Strabon, Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm, Ahamoniylar, Aleksandr Makedonskiy, miloddan avvalgi VI–IV asrlar, qadimgi tarix, tarixiy manbashunoslik.Abstrak
Mazkur maqolada miloddan avvalgi VI–IV asrlarda O‘rta Osiyo hududida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning yunon-rim manbalarida aks etishi tahlil qilinadi. Ushbu davr O‘rta Osiyo tarixida Ahamoniylar davlati tarkibiga kirish, mahalliy davlatlar va siyosiy tuzilmalarning rivojlanishi, shuningdek, Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa yurishlari bilan bog‘liq muhim tarixiy jarayonlarni qamrab oladi. Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Arrian, Kvint Kursiy Ruf, Diodor Sitsiliyskiy va Strabon kabi antik mualliflarning asarlarida Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm va boshqa hududlar, ularning aholisi, siyosiy hayoti, harbiy salohiyati hamda urf-odatlari haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Maqolada yunon-rim mualliflari ma’lumotlarining tarixiy ahamiyati bilan bir qatorda, ularning subyektivligi, geografik va xronologik cheklovlari ham ko‘rib chiqiladi. Mazkur manbalarni arxeologik ma’lumotlar va Sharq manbalari bilan qiyosiy tahlil qilish O‘rta Osiyoning qadimgi tarixini yanada to‘liqroq yoritish imkonini beradi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Арриан Флавий. Поход Александра / пер. М. Е. Сергеенко; вступ. ст. О. О. Крюгера. – Москва: МИФ, 1993. – 272 с. – Кн. IV, гл. 15, § 4–6. – ISBN: 5-87214-018-5. – URL: https://kronk.spb.ru/library/1993-flavius-arrianus.htm.
2. Egamberdiyeva N. A. Amudaryo havzasi hududlarining qadimgi madaniyati (mil. avv. VIII – milodiy IV asrlar): monografiya. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020. – 268 b. – B. 15–16. – ISBN: 978-9943-6792-2-1. – URL: https://akbt.urdu.uz/uz/books/2915.
3. Геродот. История в девяти книгах / пер. и примеч. Г. А. Стратановского; под общ. ред. С. Л. Утченко. – Ленинград: Наука, Ленинградское отделение, 1972. – 600 с. – URL: https://search.rsl.ru/ru/record/01007246558.
4. Кошеленко Г. А. Новые письменные документы по истории Центральноазиатского региона в древности // Самарқанд шаҳрининг умумбашарий маданий тараққиёт тарихида тутган ўрни: Самарқанд шаҳрининг 2750 йиллик юбилейига бағишланган халқаро конференция материаллари. – Тошкент–Самарқанд: Фан, 2007. – С. 52–54. – URL: https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/22-tarixiy-kitoblar?download=5359%3Asamarqand-shahrining-umumbashariy-madaniy-taraqqiyot-tarixida-tutgan-o-rni.
5. Квинт Курций Руф. История Александра Македонского: с приложением сочинений Диодора, Юстина, Плутарха об Александре / отв. ред. А. А. Вигасин. – Москва: Издательство Московского университета, 1993. – 464 с. – С. 59. – ISBN: 5-211-02061-8. – URL: https://kronk.spb.ru/library/curtius-rufus-q-1993.htm.
6. Рапопорт Ю. А. Хорезм в древности // Рапопорт Ю. А., Неразик Е. Е., Левина Л. М. В низовьях Окса и Яксарта: образы древнего Приаралья. – Москва: Индрик, 2000. – 384 с. – С. 34. – ISBN: 5-85759-115-5. – URL: https://otval.spb.ru/library/2000-m-odp.htm.
7. Ртвеладзе Э. В. Цивилизации, государства, культуры Центральной Азии. – Ташкент, 2005. – 288 с. – С. 85. – URL: https://marakandiy.uz/book/civilizacii-gosudarstva-kultury-centralnoj-azii-1.
8. Van der Spek R. J. Money, Weights and Measures in Antiquity [Elektron resurs] // Livius.org. – URL: https://www.livius.org/w/weights/weights.html