DOSTOYEVSKIY IJODIDA G‘OYAVIY KONSEPSIYANING BARQARORLIGI
DOI:
https://doi.org/10.67227/t96n6997Kalit so‘zlar:
psixologik tasvir, inson logikasi, syujet, fabula, poetik manzara, polifonik roman, g‘oyaviy konsepsiya, badiiy tafakkur, qayg‘u va quvonch, shafqatsizlik va mehribonlik, g‘azab va donolik, xorlik va mag‘rurlik.Abstrak
Mazkur maqolada Dostoyevskiy psixologik tasvirda faqat yozuvchi emas, balki o‘ziga xos rus psixologik poeziya maktabini yaratgan olim ekanligi, psixologik tasvir Dostoyevskiy ijodida usul darajasidan uslub darajasigacha shakllanib, butun asarni yuzaga keltiruvchi, yozuvchi g‘oyalari va qarashlarini aks ettiruvchi tugallangan yaxlit uslubga aylanganligi xususida fikr bildiriladi. Bugun Fyodor Dostoyevskiyni butun dunyo o‘qiyapti, o‘rganayapti va uning asarlari ta’sirida san’atning yangi qirralarini ochmoqda. Garchi bugungi kunda Dostoyevskiyni har bir o‘qimishli kishi bilsa va sevsa ham, u haqida hamon shubha va xavotir bilan gapirishmoqda: uni qabul qilish kerakmi yoki yo‘qmi? Bu xil mulohazalarga yozuvchining murakkab ijodiy faoliyati, uning qarama-qarshiliklardan iborat adabiy dunyosi, ezilgan kishilarning ruhiy iztiroblarini behad bo‘rttirib (aslida, eng realistik tarzda) ko‘rsatgani, eng avvalo, yozuvchi ijodiy uslubining xilma-xilligi, dunyoqarashining bir shakl qobig‘ida emasligi sabab bo‘lmoqda.
Dostoyevskiygacha bo‘lgan rus adabiyotida hali bir xillik hamda G‘arb ta’siri kuchli edi. Tendensioz ta’sir esa adabiyotning ma’lum bir yo‘nalishda bo‘lishini talab etardi. To‘g‘ri, XIX asrning boshlaridayoq barcha rus ziyolilari jon-jahdlari bilan G‘arb adabiyotini, avvalo, fransuz va nemis adabiyotini tarjima qilishga, ularning yutuqlarini o‘zlashtirishga kirishdilar. Shu ma’noda rus adabiy dunyosi jonlandi.
Dostoyevskiy qahramonlarining dunyosi o‘zi yashagan davr insonlarining ma’naviy dunyosi, ma’naviy dramasi va ma’naviy ko‘zgusidir. Lekin qahramonlar shu kechinmalari, orzulari, armonlari, umidlari va fojialari bilan bizga yaqinlar. Dostoyevskiy qahramonlarining har biri bizning vujudimizda yashaydi. Fojia shundaki, o‘z vujudimizda shunday ayanchli, shunday mudhish hamda barcha yaramasliklari bilan birga go‘zal dunyo borligini Dostoyevskiy bizga ko‘rsatib berdi: biz o‘z tuyg‘ularimizni, o‘z og‘riqlarimizni kam tahlil qilamiz, bizning fojialarimiz shunda. Dostoyevskiy qahramonlari biz bilan birga nafas olib, bir vujudda yashayveradi. Ularni ko‘rish uchun esa bizga Dostoyevskiyning ko‘zi kerak.
Qanday va kim bo‘lishidan qat’i nazar, insonga achinish va uni sevish hissi yozuvchining barcha asarlaridan ufurib turadi. U quyi tabaqa vakillari, chetga surilgan kishilar taqdiridan o‘z asrining fojiasini topa oladi. Agar asarlarini sinchiklab o‘qisak, obrazlar, epizodlar, psixologik usullar, qahramonlarning ruhiyati, gaplari va og‘riqlari bir-birini takrorlagandek, bir-birini qaytargandek, sayqallangandek tuyuladi. Lekin e’tibor bilan o‘qisak, bu hech qachon takror emas, aksincha, bir-birining davomi ekanini his qilamiz.
Yuklashlar
Havolalar
1. Белинский В. Г. Собрание сочинений: в 3 т. – Москва: Гослитиздат, 1948. – Т. 3. – 928 с. – URL: https://rusneb.ru/catalog/000199_000009_005615906/.
• Иезуитов А. Н. Проблема психологизма в эстетике и литературе // Проблемы психологизма в советской литературе. – Ленинград: Наука, 1970. – С. 39–57. – URL (to‘plam): https://books.google.com/books?id=byZBAQAAIAAJ.
• Ал-Газали Абу Хамид. Воскрешение наук о вере: избранные главы / пер. с араб., исслед. и коммент. В. В. Наумкина. – Москва: Наука, 1980. – С. 220. – URL: https://rusneb.ru/catalog/000199_000009_001024434/. НЭБ [000199_000009_001024434]
2. Гроссман Л. П. Достоевский. – 2-е изд., испр. и доп. – Москва: Молодая гвардия, 1965. – С. 314. – URL: https://search.rsl.ru/ru/record/01006097497. Search RSL
3. Фридлендер Г. М. Достоевский и мировая литература. – Москва: Художественная литература, 1979. – С. 108. – URL: https://search.rsl.ru/ru/record/01007667161. Search RSL
4. Фридлендер Г. М. Реализм Достоевского. – Москва; Ленинград: Наука, 1964. – С. 250. – URL: https://djvu.online/file/ykwnf0euKszCD. 1964
5. Фуэнтес К. Избранное / пер. с исп.; сост. и предисл. В. Н. Кутейщиковой. – Москва: Радуга, 1983. – 400 с. – URL (nashr tavsifi): https://fantlab.ru/edition78236.
• Фёдоров А. В. Основы общей теории перевода: лингвистические проблемы. – 4-е изд., перераб. и доп. – Москва: Высшая школа, 1983. – С. 16. – URL: https://search.rsl.ru/ru/record/01001150074. Search RSL
6. Достоевская А. Г. Воспоминания / вступ. ст., подгот. текста и примеч. С. В. Белова, В. А. Туниманова. – Москва: Художественная литература, 1971. – С. 410. – URL: Воспоминания — elektron matn. Викитека
7. Достоевский Ф. М. Жиноят ва жазо: роман. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2017. – Б. 205. – URL (PDF): https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/01/jinoyat-va-jazo.pdf. fledu.uz
8. Еремина Л. И. О языке художественной прозы Н. В. Гоголя: искусство повествования. – Москва: Наука, 1987. – URL: https://ci.nii.ac.jp/ncid/BA03931322.
• Чуковский К. И. Высокое искусство. –Москва: Гослитиздат, 1941. – 259 с. – URL: https://repo.nspu.ru/handle/nspu/4940.
9. Кудрявцев Ю. Г. Бунт или религия: о мировоззрении Ф. М. Достоевского. – Москва: Издательство Московского университета, 1969. – С. 109. – URL (katalog): Kutubxona yozuvi.