O‘ZBEK TILIDA O‘ZLASHMA SO‘ZLARNING SHAKLLANISHI VA QO‘LLANISHI
DOI:
https://doi.org/10.67227/w06je307Kalit so‘zlar:
o‘zlashma so‘zlar, o‘zlashtirish jarayoni, leksik qatlam, til kontaktlari, fonetik moslashuv, morfologik moslashuv, semantik transformatsiya, neologizm, terminologiya, leksik me’yor, o‘zbek adabiy tili.Abstrak
Mazkur maqolada o‘zbek tili leksik tizimining tarixiy taraqqiyotida o‘zlashma so‘zlarning shakllanishi, tilga kirib kelish omillari hamda ularning fonetik, morfologik, leksik-semantik va funksional xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. O‘zbek tilining turli tarixiy davrlarda arab, fors-tojik, rus va ingliz tillari bilan aloqalari natijasida yuzaga kelgan leksik o‘zgarishlar, o‘zlashma birliklarning qabul qiluvchi til me’yorlariga moslashuvi va nutq jarayonidagi faollashuvi yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy o‘zlashmalarning ilmiy terminologiya, ommaviy kommunikatsiya, rasmiy-idoraviy uslub hamda kundalik nutqdagi qo‘llanishi o‘rganiladi. Tahlil natijasida o‘zlashma so‘zlarning til lug‘at boyligini kengaytirishdagi ahamiyati, ularning semantik taraqqiyoti va adabiy til me’yorlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ilmiy xulosalar shakllantiriladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. – Toshkent: Fan, 1985.
2. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005.
3. Shukurov O. U. Yangi davr o‘zlashmalarida transformatsion darajalanish // O‘zbekistonda xorijiy tillar. – 2022. – № 2 (43). – B. 48–60. – DOI: 10.36078/1652710255.
4. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. Turkum so‘zlar. – Toshkent: Universitet, 2000.
5. O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 5 jildli. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2006–2008.