BAHOUDDIN NAQSHBANDNING ILMGA OID QARASHLARI XUSUSIDA
DOI:
https://doi.org/10.67227/n3fr6d66Kalit so‘zlar:
laduniy ilm, ilmi yaqin, vuqufi qalbiy, zikr, qalbni poklash.Abstrak
Ushbu maqolada Naqshbandiya tariqati asoschisi Hazrat Bahouddin Naqshbandning ilm-ma’rifatga oid qarashlari tahlil qilinadi. Bahouddin Naqshband botiniy ilmlarning yuzaga kelishi va ularning qalbda zohirlanishi to‘g‘risidagi mulohazalarini bayon etadi. U ilohiy ilm va fayzlar qalbda aks etishi uchun inson o‘z qalbidan voqif bo‘lishi, qalbida dunyoviy hoy-u havaslar va g‘arazli niyatlar bo‘lmasligi lozimligini uqtiradi. Ushbu maqolada qalbning ogohligi va pokligini targ‘ib qiluvchi “vuqufi qalbiy” tamoyili ham tahlil etiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Ya’qub Charxiy. Risolayi unsiya (Do‘stona suhbat) / tarjimon va izohlar muallifi S. Rahmonov, falsafa doktori (PhD), dotsent. – Samarqand: Samarqand davlat chet tillari instituti nashriyoti, 2022. – B. 14.
2. Navro‘zova G. N. Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va ma’naviy merosi. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2021.
3. Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali. Bahouddin Balogardon / tahrir hay’ati: A. Rustam va boshq.; forsiydan tarjima, so‘zboshi va lug‘at muallifi Mahmudxon Mahdum Hasanxon Mahdum o‘g‘li. – Toshkent: Yozuvchi, 1993.
4. Xoja Muhammad Porso. Risolayi qudsiya. Bahouddin Naqshbandning qudsiy kalimalari / tarjimon va izohlar muallifi A. Boltayev. – Toshkent: Movarounnahr, 2020.
5. Navro‘zova G. Naqshbandiya tasavvufiy ta’limoti va barkamol inson tarbiyasi. – Toshkent, 2007.
6. Bahouddin Naqshband (manbalar tahlili) / to‘plab nashrga tayyorlovchi, maqola, izoh va sharhlar muallifi G. N. Navro‘zova. – Toshkent: Sano-Standart, 2019.
7. Salohiddin ibn Muborak Buxoriy. Anis ut-tolibin. – Buxoro: Buxoro viloyat bosmaxonasi, 2020.