SHUKUR XOLMIRZAYEV QISSALARIDA YOSHLAR OBRAZI VA IJTIMOIY MUHIT TA’SIRINING BADIIY TALQINI
DOI:
https://doi.org/10.67227/tta8p992Kalit so‘zlar:
yoshlar obrazi, shaxs va muhit, tarbiya omili, badiiy konsepsiya, onomastik tahlil, psixologik detal.Abstrak
Ushbu maqolada o‘zbek qissachiligida yoshlar obrazining yaratilish xususiyatlari Shukur Xolmirzayev ijodi, xususan, “Bukri tol” qissasi misolida tadqiq etiladi. Asar sarlavhasining o‘zgarishi badiiy konsepsiyaning chuqurlashuvi sifatida baholanadi. Shaxs va muhit munosabati Ma’murjon hamda Sanam xarakterlarining tipologik qarama-qarshiligi orqali yoritiladi. Shuningdek, qahramon ismining semantik-onomastik jihati va psixologik detallarning badiiy vazifasi tahlil qilinadi. Natijada yozuvchi tarbiya omilini shaxs kamolotini belgilovchi asosiy ijtimoiy determinant sifatida talqin etgani asoslanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Normatov U. Go‘zallik bilan uchrashuv. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1976. – B. 124.
2. Qo‘shjonov M. Doim izlanishda // Sh. Xolmirzayev zamondoshlar xotirasida / tuzuvchi S. Xolmirzayeva. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. – B. 11.
3. Nazarov B. Shukur Xolmirzayev // XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1999. – B. 507.
4. Karimova Yu. A. Primqul Qodirov qissalarida ma’naviy-axloqiy muammolarning badiiy talqini: filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi. – Toshkent, 2005. – B. 56.
5. Mavlonova R., To‘rayeva O., Holiqberdiyev K. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001. – B. 33.
6. Xolmirzayev Sh. Saylanma. V jild: Qissalar. – Toshkent: Sharq, 2016. – B. 39, 45–46, 71.
7. Tavaldieva G. Shukur Xolmirzayev hikoyalarida voqelikni badiiy idrok etish prinsiplari: filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi. – Toshkent, 2001. – B. 72–75.