ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA SUV MUHITI VA EKOLOGIK MAS’ULIYATNING BADIIY TALQINI
DOI:
https://doi.org/10.67227/a7ebz298Kalit so‘zlar:
Abdulla Oripov, ekotanqid, suv obrazi, yashash muhiti, lirik subyekt, ekologik mas’uliyat, poetik makon.Abstrak
Mazkur maqolada Abdulla Oripov she’riyatida suv obrazining badiiy-semantik xususiyatlari va ekologik mas’uliyat masalasi ekotanqidiy yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tahlil jarayonida suv muhitining poetik makon sifatidagi vazifasi, tirik mavjudotlarning yashash sharoitlari va tashqi omillarga bog‘liqligi, shuningdek, lirik subyekt munosabatining axloqiy mazmuni yoritiladi. Sinchiklab o‘qish, obrazlararo munosabatlarni tahlil qilish va kontekstual talqin usullari orqali suv obrazining moddiy, ramziy hamda ijtimoiy-falsafiy qatlamlari o‘zaro aloqadorlikda ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ekologik mazmunni badiiy matnga tashqaridan yuklangan g‘oya sifatida emas, balki poetik makon, mavjudlik sharoitlari va inson munosabatlarini tahlil qilish orqali shakllanadigan ma’no sifatida izohlash imkonini ko‘rsatadi. Maqolaning ilmiy ahamiyati tabiat obrazlarini tirik mavjudotlarning real yashash sharoitlari bilan bog‘liq holda o‘rganish hamda ekologik va ijtimoiy-falsafiy talqinlarning o‘zaro munosabatini aniqlashtirish bilan belgilanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Sohibova Z. N. Shavkat Rahmon she’riyatida ekologik muammolarning badiiy ifodasi: ekokritik tahlil // Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti. – 2025. – № 11 (128). – B. 157–160.
2. Oripov A. Tilla baliqcha // Abdulla Oripov. She’rlar va shoirning o‘zi o‘qigan she’rlar [Elektron resurs] // Xurshid Davron kutubxonasi. – 2023-yil 21-mart. – URL: https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/abdulla-oripov-sherlar-shoirning-ozi-oqigan-sherlar.html.
3. Oripov A. Sen misli kamalak – yuksak va so‘lmas... (2011): suhbat [Elektron resurs] // Ziyouz portali. – 2015-yil 3-mart. – URL: https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/suhbatlar/abdulla-oripov-sen-misli-kamalak-yuksak-va-so-lmas.
4. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish: oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. – 224 b.
5. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.
6. Quronov D. Talqin imkonlari: maqolalar to‘plami. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015. – 88 b.