BADIIY KONSEPTNING SHAKLLANISHIDA OBRAZ, RAMZ VA MUALLIF POZITSIYASI (X. SULTONNING “ODAMLARDAN TINGLAB HIKOYA” TO‘PLAMI MISOLIDA)
DOI:
https://doi.org/10.67227/nkkstb52Kalit so‘zlar:
badiiy konsept, badiiy obraz, ramz, muallif pozitsiyasi, Xayriddin Sulton, “Odamlardan tinglab hikoya”, milliy o‘zlik, inson qadri, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, estetik munosabat.Abstrak
Mazkur maqolada Xayriddin Sultonning “Odamlardan tinglab hikoya” to‘plamida badiiy konseptning shakllanishida obraz, ramz va muallif pozitsiyasining o‘zaro munosabati tadqiq etilgan. Badiiy konseptning nazariy asoslari yoritilib, uning obrazlar tizimi, ramziy detallar, syujet vaziyatlari va muallifning estetik munosabati orqali namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilingan. To‘plamdagi 31 ta hikoyaning yetakchi badiiy konseptlari tasniflanib, ular ma’naviy-axloqiy, oilaviy-shaxsiy, milliy-madaniy, ijtimoiy-huquqiy, ekzistensial va diniy-falsafiy guruhlarga ajratilgan. “Shodiyona”, “Mastona”, “Fojiona”, “Omad”, “Monolog”, “Millatchining jazosi” hamda vazirlar obrazi ishtirok etgan hikoyalar misolida adolat, vijdon, halollik, inson qadri, milliy o‘zlik, do‘stlik va mas’uliyat konseptlarining badiiy ifodasi ochib berilgan.
Yuklashlar
Havolalar
1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – 3-jild. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. – B. 243.
2. Quronov D. va boshq. Adabiyotshunoslik terminlar lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – B. 125.
3. Boltaboyev H. Adabiyot ensiklopediyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2014. – B. 290.
4. Turaqulova M. Mualliflik va subyektivlik: nazariy asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2022.
5. Xurramova M. Badiiy adabiyotlarda konsept tushunchasi // Science and Education. – 2023.
6. Mahmidjonov Sh. O‘zbek adabiyotshunosligida badiiy obraz masalasining qiyosiy talqini // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – 2023. – B. 520–524.
7. Muhammadiyeva M. Badiiy asarlarda ramziy obrazlarning o‘rni (qushlar obrazi misolida) // Ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. – 2023. – T. 3, № 12. – B. 33–37.
8. Komilova M. Adabiy matnda muallif pozitsiyasi va subyektivlik muammosi // Central Asian Journal of Academic Research. – 2025. – T. 3, № 10. – B. 91–93.
9. Xayriddin Sulton. Odamlardan tinglab: hikoya. – Toshkent: Adabiyot, 2020. – 376 b.