IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT VA QORAQALPOQ YOSHLARINING MILLIY MENTALITETI
DOI:
https://doi.org/10.67227/g3chp966Kalit so‘zlar:
ijtimoiy-ma’naviy muhit, qoraqalpoq yoshlari, milliy mentalitet, milliy qadriyatlar, milliy o‘zlik, globallashuv, yoshlar siyosati, ta’lim-tarbiya, raqamli texnologiyalar.Abstrak
Maqolada ijtimoiy-ma’naviy muhitning qoraqalpoq yoshlari milliy mentalitetining shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlar, milliy o‘zlikni anglash, globallashuv jarayonlari hamda axborot-mafkuraviy tahdidlarning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim sohasidagi islohotlar, raqamli texnologiyalar va innovatsion loyihalarning qoraqalpoq yoshlari rivojlanishidagi o‘rni ochib beriladi. Yoshlarning ma’naviy kamoloti, milliy o‘zligini anglashi va intellektual salohiyatini yuksaltirishda ijtimoiy-ma’naviy muhitning ahamiyati alohida ta’kidlanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Kaxarova M., Suvonov I. Ijtimoiy-ma’naviy jarayonlarga oid 111 savolga 111 javob. – Toshkent: Ma’naviyat, 2022. – B. 3–4.
2. Imom Buxoriy. Al-Jome’ as-sahih. – III jild. – Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1995. – B. 150.
3. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004. – B. 56.
4. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – B. 9.
5. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 13.
6. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni. – 4–6-moddalar // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni. – 70-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/.