INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA EVFEMALASHUVNING LISONIY-KOGNITIV MEXANIZMLARI: QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLIL

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67227/wjnbjs13

Kalit so‘zlar:

evfemalashuv, evfemizm, lisoniy-kognitiv mexanizm, konseptual fokus, konseptuallashtirish, metafora, metonimiya, semantik umumlashtirish, perifrazalash, terminlashuv, grammatik qayta qurish, internet-media diskursi, qiyosiy-tipologik tahlil.

Abstrak

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida evfemalashuvning lisoniy-kognitiv mexanizmlari qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etiladi. Evfemalashuv bevosita nomning oddiy almashtirilishi emas, balki nomlanayotgan konseptning kommunikativ tuzilishini qayta tashkil etish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda evfemik nomning shakllanishida konseptual fokusning o‘zgarishi asosiy kognitiv tamoyil sifatida belgilanadi. Ushbu tamoyil doirasida metafora, metonimiya, semantik umumlashtirish, perifrazalash, terminlashuv va grammatik qayta qurish kabi mexanizmlarning funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek internet-media diskursidan olingan nominativ modellar asosida salbiy yoki kommunikativ jihatdan nomaqbul belgining ikkinchi planga surilishi hamda nisbatan neytral, umumiy yoki institutsional belgining kommunikativ fokusga chiqarilishi ko‘rsatiladi. Qiyosiy tahlil natijasida ikki tilda evfemalashuv mexanizmlarining umumiy kognitiv asosi mavjudligi, biroq ularning lisoniy voqelanish shakllari va funksional yuklamasi struktur-tipologik hamda lingvomadaniy xususiyatlarga ko‘ra farqlanishi aniqlanadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. — Chicago; London: University of Chicago Press, 1980. — XIII, 242 p.URL: https://library.aiu.ac.ke/bib/36690.

2. Panther K.-U., Thornburg L. L. (eds.). Metonymy and Pragmatic Inferencing. — Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins Publishing Company, 2003. — XI, 280 p. — (Pragmatics & Beyond New Series; Vol. 113).

URL: https://benjamins.com/catalog/pbns.113.

3. Allan K., Burridge K. Forbidden Words: Taboo and the Censoring of Language. — Cambridge: Cambridge University Press, 2006.DOI: https://doi.org/10.1017/CBO9780511617881. cambridge.org

4. Warren B. What Euphemisms Tell Us About the Interpretation of Words // Studia Linguistica. — 1992. — Vol. 46, № 2. — P. 128–172.DOI: https://doi.org/10.1111/j.1467-9582.1992.tb00833.x. onlinelibrary.wiley.com

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-11-05

Qanday havola qilish kerak

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA EVFEMALASHUVNING LISONIY-KOGNITIV MEXANIZMLARI: QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLIL. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(11), 134-137. https://doi.org/10.67227/wjnbjs13