XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA FARG‘ONA VILOYATI VETERINAR SHIFOKORLARINING XIZMAT SAFARLARI HAQIDA
DOI:
https://doi.org/10.67227/97srf704Kalit so‘zlar:
Turkiston, Farg‘ona shahri, Toshkent shahri, veterinariya siyosati, veterinar shifokorlar, veterinar shifokorlarning xizmat safarlari, chorva mollari kasalliklari, qushxonalar, tadbirkorlar, mahalliy xalq.Abstrak
Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda veterinariya xizmatining tashkil etilishi va faoliyati yoritilgan. Tadqiqotda, xususan, Farg‘ona viloyati veterinariya boshqarmasining faoliyati arxiv manbalari asosida tahlil qilingan. Veterinar shifokorlarning uyezd va volostlarda olib borgan tekshiruvlari, xizmat safarlari hamda hisobot yuritish tartibi ochib berilgan. Chorva mollari orasida yuqumli kasalliklar, ayniqsa, qoramol vabosiga qarshi kurashish chora-tadbirlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, chorva mollarini ro‘yxatga olish, sanitariya holatini o‘rganish va kasalliklarni qayd etish jarayonlari tahlil qilingan. Veterinariya xizmatining moddiy-texnik ta’minoti, zarur asbob-uskunalar va tarjimonlardan foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratilgan. Arxiv hujjatlari asosida o‘sha davr veterinariya tizimining ma’muriy va amaliy faoliyatidagi ayrim muammolar aniqlangan. Maqola Turkistonda veterinariya xizmatining shakllanishi va rivojlanishi tarixini o‘rganishda muhim manbaviy ahamiyatga ega.
Yuklashlar
Havolalar
1. O‘zbekiston Milliy arxivi. – I-12-fond, 1-ro‘yxat, 1-ish. – 3–17-varaqlar.
2. O‘zbekiston Milliy arxivi. – I-12-fond, 1-ro‘yxat, 14-ish. – 40-varaq.
3. O‘zbekiston Milliy arxivi. – I-215-fond, 1-ro‘yxat, 3-ish. – 1–12-varaqlar.
4. Xo‘jaxonov I. Farg‘ona vodiysi chorvador aholisining an’anaviy uy-joylari xususida // Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. – 2005. – № 2.