MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY SAFARLARI VA TURKISTONDA MA’RIFIY ISLOHOTLAR
DOI:
https://doi.org/10.67227/6cx2cy15Kalit so‘zlar:
Turkiston jadidchiligi, Mahmudxo‘ja Behbudiy, ma’rifiy sayohatlar, turizm va maorif, yangi usul maktablari (usuli jadid), matbuot va jurnalistika, milliy uyg‘onish, Boqchasaroy.Abstrak
Maqolada XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining rivojlanishi hamda sayohat (turizm) orqali ma’rifiy va pedagogik islohotlarning shakllanishi o‘rganiladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqa jadid ziyolilarining xorijiy mamlakatlarga uyushtirgan ma’rifiy safarlari, ushbu safarlarning ularning dunyoqarashiga, ta’lim tizimi, matbuot va jamiyat rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, turizmning tarixiy, madaniy va pedagogik ahamiyati, jadidchilik harakatidagi innovatsion g‘oyalar hamda xalqni ma’rifiy jihatdan uyg‘otishda safarlarning tutgan o‘rni yoritiladi. Sayohat va turizm orqali orttirilgan tajribalar Turkistonda yangi maktablar ochish, matbuotni rivojlantirish va milliy taraqqiyotga erishishda muhim vosita bo‘lgani ta’kidlanadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Xoldarov T., Tulenova X. Turizm (sayyohlik). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2016. – B. 3.
2. Халид А. Центральная Азия от века империй до наших дней. – Москва, 2024. – С. 123–124.
3. Abdirashidov Z. Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy: risola. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. – B. 15–22.
4. Jo‘rayev H. A. Abdurauf Fitrat va jadid madaniyati // Buxoro tarixi masalalari (eng qadimgi zamonlardan hozirgacha): xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2023-yil 10-iyun). – 2023. – B. 670–673.