NEMIS TILIDAN O‘ZBEK TILIGA O‘ZLASHGAN LEKSIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TRANSFORMATSIYASI
DOI:
https://doi.org/10.67227/wwem2v12Kalit so‘zlar:
leksik o‘zlashma, germanizm, semantik transformatsiya, ma’no torayishi, semantik moslashuv, vositachi til, o‘zbek tili, nemis tili.Abstrak
Mazkur maqolada nemis tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan leksik birliklarning semantik xususiyatlari va o‘zlashish jarayonida yuz beradigan ma’no o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi nemis tilidagi manba birliklar, ularning vositachi til orqali o‘zbek tiliga kirib kelishi hamda hozirgi o‘zbek tilidagi semantik mazmuni o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-semantik, tavsifiy, etimologik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanilgan. Tahlil uchun abzas, buxgalter, ryukzak, shtempel kabi nemis tilidan kelib chiqqan leksik birliklar tanlangan. Natijalar o‘zlashish jarayonida ma’noning torayishi, ayrim semantik komponentlarning tanlab saqlanishi, terminologik ixtisoslashuv va funksional moslashuv kabi hodisalar kuzatilishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ayrim birliklarda asosiy denotativ ma’noning saqlanib qolishi, o‘zgarishlar esa asosan fonetik, grafik va grammatik moslashuv bilan cheklanishi aniqlanadi. Maqola nemis tilidan kelib chiqqan leksik birliklarning o‘zbek tilidagi semantik taraqqiyotini tizimli o‘rganishga qaratilgan.
Yuklashlar
Havolalar
1. Rahimov X. T. Употребления германизмов в современном узбекском языке // Linguistic Research. – 2022. – № 1. – С. 116–118. – DOI: https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp116-118.
2. Haugen E. The Analysis of Linguistic Borrowing // Language. – 1950. – Vol. 26, № 2. – P. 210–231. – DOI: https://doi.org/10.2307/410058.
3. Dudenredaktion. Absatz // Duden Online [Elektron resurs]. – URL: https://www.duden.de/rechtschreibung/Absatz.
4. Dudenredaktion. Buchhalter // Duden Online [Elektron resurs]. – URL: https://www.duden.de/rechtschreibung/Buchhalter.
5. Dudenredaktion. Rucksack // Duden Online [Elektron resurs]. – URL: https://www.duden.de/rechtschreibung/Rucksack.
6. Dudenredaktion. Stempel // Duden Online [Elektron resurs]. – URL: https://www.duden.de/rechtschreibung/Stempel.
7. O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 5 jildlik. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006–2008.