NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA BADIIY NOMLAR VA ULARNING LINGVOKULTUROLOGIK QIYOSI
DOI:
https://doi.org/10.67227/kk90v092Kalit so‘zlar:
lingvokulturologiya, badiiy nom, poetonim, antroponim, qiyosiy tahlil, milliy kolorit, nemis tili, o‘zbek tili, konnotatsiya.Abstrak
Mazkur maqolada nemis va o‘zbek adabiyotidagi badiiy nomlar (antroponimlar va poetonimlar) lingvokulturologik hamda qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etilgan. Badiiy asarlarda qo‘llanilgan onomastik birliklarning milliy-madaniy semantikasi, ularning xalq mentaliteti, urf-odatlari va estetik qarashlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Tadqiqot jarayonida komponentli tahlil, qiyosiy-kontrastiv va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanilgan. Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov natijalari asosida badiiy matnlardagi nomlarning lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rgatish metodikasining samaradorligi asoslangan. Tadqiqot xulosalarida badiiy nomlarning tarjima jarayonida milliy koloritni saqlash hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan.
Yuklashlar
Havolalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari (DTS). – Toshkent, 2021. – URL: https://lex.uz.
2. Nübling D., Fahlbusch F., Heuser R. Namenlosigkeit und Namengebung in der Literatur // Namenkunde: Eine Einführung. – Tübingen: Narr Francke Attempto, 2012. – S. 210–235.
3. Nicolaisen W. F. The Structure and Function of Names in Literary Texts // Onoma. – Leuven, 2002. – Vol. 37. – P. 113–125. – DOI: https://doi.org/10.2143/ON.37.0.504932.
4. Eis G. Altdeutsche Namenkunde und literarische Onomastik // Zeitschrift für Ostforschung. – Marburg, 1965. – Bd. 14, № 2. – S. 301–312.
5. Debus F. Literarische Onomastik: Namen in der Literatur // Name und Text. – Berlin: Walter de Gruyter, 2002. – S. 45–68.
6. Sanakulov Z. I. Bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo kompetensiyasini shakllantirish metodikasi // Pedagogik mahorat. – Buxoro, 2023. – № 4. – B. 88–94.
7. Sanakulov Z. I. Nemis va o‘zbek tillarida onomastik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi // O‘zMU xabarlari. – Toshkent, 2024. – № 2/1. – B. 142–147.