AMIR TEMUR VA TO‘XTAMISHXON MUNOSABATLARI JAN-BAPTIST MARGA DE TILLI TALQINIDA
DOI:
https://doi.org/10.67227/ndyar111Kalit so‘zlar:
Amir Temur, To‘xtamishxon, Nizomiddin Shomiy, Ahmad ibn Arabshoh, Sharafiddin Ali Yazdiy, Muiniddin Natanziy, Xondamir, Marga de Tilli, Eron, Oq O‘rda, Oltin O‘rda, “Dasht yurishi”, “Qunduzcha jangi”.Abstrak
Maqolada XVIII asrda yashagan fransuz tarixchisi Jan-Baptist Marga de Tillining “Mo‘g‘ullar imperatori va Osiyoni zabt etgan Tamerlanning tarixi” asarida Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasidagi munosabatlarning boshlanishi hamda rivojlanishiga oid keltirilgan ma’lumotlar tadqiq etilgan. Shuningdek, fransuz sharqshunosining ikki hukmdor o‘rtasida yuz bergan “Qunduzcha jangi” haqidagi qarashlari temuriylar davriga oid tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil va muammoviy-xronologik metodlardan foydalanilgan. Fransuz tarixchisining Sohibqiron tashqi siyosatida Oltin O‘rda davlatining tutgan o‘rni va ahamiyati haqidagi fikrlari tarixiy manbalar bilan qiyoslanib, ulardagi ayrim xato va kamchiliklar yuzasidan ilmiy mulohazalar bildirilgan. Marga de Tilli tomonidan Amir Temurning “Qunduzcha jangi” davridagi faoliyati to‘liq yoritilmagani tarixiy manbalardagi ma’lumotlar asosida ko‘rsatib berilgan.
Yuklashlar
Havolalar
1. Cherefiddin Ali Yezdi. Histoire de Timur-bec, connu sous le nom du Grand Tamerlan, empereur des Mogols et Tartares / traduit en français par M. Pétis de la Croix. – Delft: Chez Reinier Boitet, 1723. – Vol. 4. – URL: https://www.abebooks.co.uk/Histoire-Timur-Bec-connu-nom-grand-Tamerlan/30296199856/bd.
2. Margat J. B. Histoire de Tamerlan, empereur des Mogols et conquérant de l’Asie. – Paris: Chez Hippolyte-Louis Guérin, 1739. – Partie I. – 298 p.; Partie II. – 392 p. – URL: https://www.abebooks.com/Histoire-Tamerlan-empereur-Mogols-conquerant-lAsie/15567331719/bd.
3. Vattier P. L’Histoire du grand Tamerlan. – Paris: Chez Remy Soubret, 1658. – 248 p. – URL: https://play.google.com/store/books/details?id=r-VlZ9uipskC.
4. Amir Temur: bibliografiya / mas’ul muharrirlar X. Fayziyev, O. Bo‘riyev. – Toshkent: Fan, 2020. – 530 b. – URL: https://ru.scribd.com/document/1061405432.
5. Muiniddin Natanziy. Muntaxab ut-tavorixi Muiniy / fors tilidan tarjima, so‘zboshi va izohlar muallifi G‘. Karimiy. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011. – 264 b. – URL: https://book.iiau.uz/books/muntakhab-ut-tavorikhi-muiniy-1357.
6. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma / fors tilidan tarjimon Yu. Hakimjonov; nashrga tayyorlovchi va mas’ul muharrir A. O‘rinboyev; izohlar va lug‘atlar tuzuvchisi H. Karomatov; jug‘rofiy nomlar izohi va Hofizu Abruning «Zayl» asari tarjimasi O. Bo‘riyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 528 b. – URL: https://unilibrary.uz/literature/60864.
7. Фасих Хавафи. Муджмал-и Фасихи / перевод, предисловие, примечания и указатели Д. Ю. Юсуповой. – Ташкент: Фан, 1980. – 346 с. – URL: https://www.academia.edu/169542289.
8. Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma / so‘zboshi, tabdil, izohlar va ko‘rsatkichlar mualliflari A. Ahmad, H. Bobobekov. – Toshkent: Sharq, 1997. – 384 b. – URL: https://ziyouz.com/books/tarixiy/Sharafiddin%20Ali%20Yazdiy.%20Zafarnoma.pdf.