INGLIZ VA O‘ZBEK MEDIA DISKURSIDA KVANTIFIKATSIYANING LEKSIK-GRAMMATIK VOSITALARI: QIYOSIY TAHLIL
DOI:
https://doi.org/10.67227/pv92e793Kalit so‘zlar:
kvantifikatsiya, miqdor kategoriyasi, kvantifikator, numeral, media diskurs, aniq miqdor, noaniq miqdor, approksimatsiya, distributivlik, proporsionallik, miqdoriy modifikator, funksional ekvivalentlik.Abstrak
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek media diskursida kvantifikatsiyaning leksik-grammatik vositalari qiyosiy-tipologik, strukturaviy-semantik va lingvopragmatik jihatdan tadqiq etiladi. Kvantifikatsiya faqat son turkumiga mansub birliklarning qo‘llanishi sifatida emas, balki predmet va hodisalarning aniq, noaniq va taxminiy miqdorini, miqdoriy chegaralarini, distributiv va proporsional munosabatlarini hamda so‘zlovchining miqdorga nisbatan baholovchi munosabatini ifodalovchi ko‘p sathli lingvistik kategoriya sifatida talqin qilinadi. Ingliz tilidagi many, much, few, little, several, hundreds of, about, around, approximately, nearly, more than, less than, at least, up to, one in three kabi vositalar o‘zbek tilidagi ko‘p, oz, kam, bir necha, yuzlab, taxminan, qariyb, deyarli, -ga yaqin, ortiq, kamida, -gacha, har uch ... dan biri singari birliklar bilan qiyoslanadi. Tadqiqot natijasida ingliz va o‘zbek tillarida kvantifikatsiyaning umumiy konseptual-semantik zonalari mavjud bo‘lsa-da, ularning leksiklashuvi va grammatiklashuvida sezilarli tipologik farqlar kuzatilishi aniqlangan. Ingliz tilida kvantifikatorlarning qo‘llanishi sanaladigan va sanalmaydigan otlar (count/mass) oppozitsiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, o‘zbek tilida affiksal kvantifikatsiya, numerativlar hamda analitik konstruksiyalarning faol qo‘llanishi kuzatiladi. Media diskursida kvantifikativ birliklar denotativ-statistik axborotni yetkazish bilan birga, aniqlik darajasini boshqarish, miqdoriy chegaralarni belgilash, statistik ma’lumotlarni auditoriya idrokiga moslashtirish hamda miqdoriy baholashni ifodalash funksiyalarini bajarishi asoslab beriladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Beltrama A., Solt S., Burnett H. Context, Precision, and Social Perception: A Sociopragmatic Study // Language in Society. – 2023. – Vol. 52, № 5. – P. 805–835. – DOI: https://doi.org/10.1017/S0047404522000240.
2. Biber D., Johansson S., Leech G., Conrad S., Finegan E. Longman Grammar of Spoken and Written English. – London: Longman, 1999.
3. Channell J. Vague Language. – Oxford: Oxford University Press, 1994.
4. Coventry K. R., Cangelosi A., Newstead S. E., Bugmann D. Talking about Quantities in Space: Vague Quantifiers, Context and Similarity // Language and Cognition. – 2010. – Vol. 2, № 2. – P. 221–241. – DOI: https://doi.org/10.1515/langcog.2010.009.
5. Huddleston R., Pullum G. K. (eds.). The Cambridge Grammar of the English Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 2002.
6. Hurford J. R. Language and Number: The Emergence of a Cognitive System. – Oxford: Basil Blackwell, 1987. – XII, 322 p. – URL: https://www.ling.ed.ac.uk/~jim/l_and_n.html.
7. Quirk R., Greenbaum S., Leech G., Svartvik J. A Comprehensive Grammar of the English Language. – London: Longman, 1985.
8. Sayfullayeva R. R., Mengliyev B. R. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 2020.
9. Sidiropoulou M. Quantities in Translation: English vs. Greek Press // Target. – 1998. – Vol. 10, № 2. – P. 319–333. – DOI: https://doi.org/10.1075/target.10.2.06sid.
10. Sigurd B. Round Numbers // Language in Society. – 1988. – Vol. 17, № 2. – P. 243–252. – DOI: https://doi.org/10.1017/S0047404500012781.
11. van Dijk T. A. News as Discourse. – Hillsdale, NJ: Lawrence Erlbaum Associates, 1988. – 200 p. – URL: https://books.google.com/books/about/News_as_Discourse.html?id=taRZAAAAMAAJ.
12. Watanabe A. Vague Quantity, Numerals, and Natural Numbers // Syntax. – 2010. – Vol. 13, № 1. – P. 37–77. – DOI: https://doi.org/10.1111/j.1467-9612.2009.00131.x.
13. Wright D. B., Gaskell G. D., O’Muircheartaigh C. A. How Much Is ‘Quite a Bit’? Mapping between Numerical Values and Vague Quantifiers // Applied Cognitive Psychology. – 1994. – Vol. 8, № 5. – P. 479–496. – DOI: https://doi.org/10.1002/acp.2350080506.