INGLIZ TILIDAGI HISSIYOTGA OID FRAZEOLOGIZMLARNING O‘ZBEK TILIGA TARJIMASIDA MA’NO VA OBRAZNING SAQLANISHI
DOI:
https://doi.org/10.67227/3rhrxm78Kalit so‘zlar:
hissiyotga oid frazeologizmlar, ingliz tili, o‘zbek tili, frazeologik muqobil, obrazlilik, tavsifiy tarjima, uslubiy moslik.Abstrak
Maqolada ingliz tilidagi hissiyotga oid frazeologizmlarning o‘zbek tiliga tarjimasida ma’no va obrazning saqlanishi tahlil qilinadi. Be on cloud nine, down in the dumps va see red iboralarining frazeologik hamda tavsifiy tarjima variantlari kontekstga asoslangan qiyosiy tarjima tahlili metodi yordamida o‘rganildi. Variantlar hissiyot turi va darajasi, obrazning saqlanishi yoki almashishi hamda uslubiy moslik mezonlari bo‘yicha baholandi. Tahlil “boshi ko‘kka yetdi” variantida quvonchni balandlik orqali ifodalash, “kayfiyati tushib yurdi” variantida tushkun holatning davomiyligi, “jahli chiqib ketdi” variantida esa g‘azabning keskin yuzaga kelishi aks etishini ko‘rsatdi. Tavsifiy variantlar hissiy holatni bevosita ifodalaydi. Tarjima usulini tanlash iboraning muayyan kontekstdagi vazifasi va matn ohangiga bog‘liq.
Yuklashlar
Havolalar
1. Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. – 3rd ed. – Routledge, 2018. – DOI: 10.4324/9781315619187.
2. Dobrovol’skij D., Piirainen E. Cognitive Theory of Metaphor and Idiom Analysis // Jezikoslovlje. – 2005. – Vol. 6, No. 1. – P. 7–35. – URL: https://www.ceeol.com/search/article-detail?id=21414.
3. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978. – URL: https://openlibrary.org/works/OL38914561W.
4. Cambridge Dictionary. Elektron lug‘at. – URL: https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/be-on-cloud-nine; https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/down-in-the-dumps; https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/see-red.
5. Jabbarova A. Ingliz va o‘zbek tillarida inson hissiyotlarini tavsiflovchi frazeologik birliklar // O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari. – 2024. – № 1/10. – B. 235–237. – URL: https://portfolio.afu.uz/storage/documents/i4sLyqLMKxEy7OLCQj75LStbDYXRJXo2sQ0hYHtn.pdf.