TEXNIKA OLIY O‘QUV YURTLARIDA IMITATSION-VARIATIVLIK ASOSIDA O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o‘qitishni takomillashtirish, ta’lim jarayoni, imitatsion-variativlik asosida o‘qitishni takomillashtirish texnologiyalarining didaktik xususiyatlari, immitatsion model, texnika oliy o‘quv yurtlarida talabalarga o‘quv materiallarini loyihaviy, tashkiliy va natijaviy komponentlarini imitatsion-variativlik asosida o‘qitishni takomillashtirish texnologiyalari, o’quv jarayonlarini tinglovchiga tushunarli tarzda havola qilish, virtual resurslar, pedagogik metodlarAbstract
Jahonda ta’lim investitsiyasiga e’tibor kuchayib, texnika oliy o‘quv yurtlarida sifatli oliy texnik ta’limni takomillashtirish yuzasidan qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xorij tajribasiga nazar solsak, ta’lim sohasidagi islohotlar aynan texnika oliy o‘quv yurtlarining texnologik-pedagogik zamonaviy o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida amalga oshirish orqali sifatli ta’lim amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan interventsion texnik ta’lim tadqiqotini taqdim etadi. Imitatsion-variativlik pedagogikasi asosan texnika oliy ta’lim sohasidagi bo‘lajak kadrlarni tayyorlash va ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun matnlarning ichki tuzilishini tahlil qilishni o‘qitishdan iboratdir. Asosiy e’tibor texnik matnlarni pedagogik texnologiyalar yordamida tushunish hamda sinergetik, germenevtik va praksiologik yondashuv orqali o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlarini kengaytirish vositasida talabalarning texnik oqilonalik orqali texnika tilini bilish, o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o‘qitishni takomillashtirish texnologiyalarini mazmun mohiyati va texnika ta’limidagi ahamiyatini talabalar ongida shakllantirishga qaratilgan.
Dunyoning ilg‘or xalqaro oliy ta’lim texnika oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan islohotlarda belgilangan maqsadlarga e’tibor berilganda, imitatsion-variativlik asosida o‘qitish - bo‘lajak muhandislar uchun ta’lim jarayoni, jumladan, hozirgi vaqtda o‘rganish va o‘rganilgan tadqiqotlardan kelajakda butunlay yangi sharoitlarda yoki vaziyatlarda foydalanish imkoniyatidir. Ushbu tadqiqot ishimizda imitatsion-variativlik asosida o‘qitish yordamida texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarini kasbiy kompetentliklarini oshirish jihatlari, o‘z kasbini texnologik madaniyatni tashkil etuvchi komponentlar, mutaxassislik fanlarni o‘qitishdagi o‘rni va mazmunini integrallashuvi o‘laroq tushunishni rivojlantirish yoki ularni texnologik jixatdan takomillashtirish usullarini yaratish masalasi ekanligi yoritilgan. Bu jarayonda albatta asosiy fundamental va aprior omil bu imitatsion model hisoblanadi.
References
Rasulovna M. K., et al. Innovation teaching method in primary education //Czech Journal of Multidisciplinary Innovations. – 2022. – Т. 5. – С. 31-34
2. J.Y. Suyumov., Kompyuter imitatsion modellari asosida faol o‘qitish texnologiyasining nazariy asoslari//Scientific progress Volume 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601
3. Obidov J.G‘. “Intellektual o‘lchash asboblari”. Darslik. Farg ‘ona. “Classic” nashriyoti. 2024 yil//ISBN: 978-9910-652-94-3.
4. Obidov, J.G. Virtual process modeling technologies based on imitation-variability in technical higher education institutions//E3S Web of Conferences, 2023, 452, 07017 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345207017
5. Erkaboev, A., Obidov, J., Madmarova, U., Alikhonov, E. //Analysis of the ISO 9001 standard model of risk management in analytical testing laboratories//E3S Web of Conferences, 2023, 452, 06009 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345206009