“AMERIKA FOJEASI” ASARIDA TASVIRIY VOSITALARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI (EPITET, METAFORA, O‘XSHATISH VA PARALLELIZM TAHLILI)
Kalit so‘zlar:
lingvopoetika, stilistik vositalar, epitet, metafora, o‘xshatish (simile), parallelizm, badiiy til, narrativ tuzilma, qahramon psixologiyasi, ijtimoiy muhit, ijtimoiy determinizm, tanqidiy realizm, naturalizm, An American Tragedy, Theodore Dreiser.Abstrak
Ushbu maqolada Teodor Drayzer tomonidan yozilgan “An American Tragedy” romanida qo‘llangan stilistik vositalarning lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot roman narrativ tuzilmasida epitet, metafora, o‘xshatish (simile) va parallel konstruksiyalarning funksional rolini o‘rganishga qaratilgan. Mazkur stilistik vositalar semantik va lingvopoetik nuqtai nazardan tahlil qilinib, ular bosh qahramonning psixologik holatini tasvirlash hamda ijtimoiy muhitni aks ettirishdagi ahamiyatini ochib beradi. Tadqiqot jarayonida matndagi tasviriy vositalarni o‘rganish uchun lingvopoetik, semantik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari epitetlar baholovchi ma’nolarni kuchaytirish hamda qahramon atrofidagi ijtimoiy sharoitlarni tasvirlashga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Metaforalar esa jamiyatning ierarxik tuzilishini va shaxs taqdiriga ta’sir etuvchi ijtimoiy determinizmni konseptual tarzda ifodalaydi. O‘xshatishlar qahramonning hissiy kechinmalarini obrazli tarzda namoyon etib, narrativ dramatizmni kuchaytiradi. Parallel sintaktik konstruktsiyalar esa ichki ziddiyatlarni ta’kidlash hamda turli ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Dreiser T. An American Tragedy. – New York: Boni & Liveright, 1925. – 859 p.
2. Dreiser T. An American Tragedy. – New York: Signet Classic, 2000. – 859 p.
3. Галперин И. Р. Стилистика английского языка. – Москва: Высшая школа, 1977. – 334 с.
4. Виноградов В. В. Язык художественной литературы. – Москва: Наука, 1971. – 312 с.
5. Abrams M. H. A Glossary of Literary Terms. – Boston: Cengage Learning, 1999. – 366 p.
6. Baldick C. The Oxford Dictionary of Literary Terms. – Oxford: Oxford University Press, 2008. – 432 p.
7. Fowler R. Linguistic Criticism. – Oxford: Oxford University Press, 1986. – 210 p.
8. Leech G., Short M. Style in Fiction: A Linguistic Introduction to English Fictional Prose. – London: Longman, 2007. – 404 p.
9. Lodge D. The Language of Fiction. – London: Routledge, 2002. – 296 p.
10. Simpson P. Stylistics: A Resource Book for Students. – London: Routledge, 2004. – 247 p.