O‘ZBEK XALQ DOSTONLARI SYUJET LINIYASINING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Kalit so‘zlar:
doston, syujet, motiv, sinov, safar, tush, folklor.Abstrak
Ushbu maqolada o‘zbek xalq dostonlarining syujet tuzilishi va undagi asosiy motivlar tizimi o‘rganilib, tahlil natijalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Rustamxon” kabi dostonlar misolida ularning syujet tarkibi, asosiy g‘oyalari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilindi. Bunda tush, safar, sinov, jang, uylanish va qaytish motivlarining syujet shakllanishidagi bevosita roli aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek dostonlarida syujet qat’iy struktura asosida qurilib, motivlar ketma-ketligi muhim badiiy va kompozitsion vazifani bajaradi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Рафаева А. Мотив параллелизма персонажей и его место в сюжете волшебной сказки // Мировое древо. Международный журнал по теории и истории мировой культуры. – 1998. – № 6. – С. 19–29.
2. Israilova S. T. Ingliz va o‘zbek ertaklarida “sinov” ma’nosini ifodalashning lingvokulturologik jihatlari // Academic Research in Educational Sciences. – 2021. – Vol. 2, No. 3. – B. 794–798.
3. Джалалов Г. А. Узбекский народный сказочный эпос. – Ташкент: Фан, 1980. – 271 с.
4. Alpomish. Doston / aytuvchi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li; nashrga tayyorlovchi T. Mirzaev. – Toshkent: Fan, 1999. – B. 144–145.
5. Аширов А. А. Мотивы мира в узбекских народных эпических сказаниях // Вестник Северо-Восточного федерального университета имени М. К. Аммосова. Серия: Эпосоведение. – 2016. – № 4 (4). – С. 13–16.
6. Jo‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2017.