ZAMONAVIY INGLIZ TILI O’ZLASHTIRILGAN DEKORATIV KOSMETIKA TERMINOLOGIYASI
Kalit so‘zlar:
dekorativ kosmetika terminologiyasi, leksik o‘zlashma, manba tillar, semantik tasnif, lingvistik adaptatsiya, globalizatsiya.Abstrak
Mazkur maqolada zamonaviy ingliz tilidagi dekorativ kosmetika terminologiyasining o‘zlashma qatlamini etimologik va semantik jihatdan tahlil qilish maqsad qilingan. Tadqiqot davomida Oxford English Dictionary, maxsus kosmetik lug‘atlar, beauty industry veb-saytlari hamda ingliz til korpuslari materiallari asosida ma’lumotlar to‘plandi. Tanlangan terminlar manba tillari, semantik guruhlari va tilga moslashuv darajasiga ko‘ra tasniflandi. Natijalar dekorativ kosmetika atamalarining asosiy qismi fransuz tilidan o‘zlashtirilganini, shuningdek italyan, yapon, koreys hamda lotin-yunon ildizlariga ega birliklar ham muhim o‘rin tutishini ko‘rsatdi. Terminlar mahsulot nomlari, qo‘llash texnikalari va tekstura ifodalovchi birliklarga ajratildi hamda ularning ingliz tiliga turli darajada integratsiyalashgani aniqlandi. Tadqiqot dekorativ kosmetika terminologiyasi til rivojlanishining tabiiy jarayoni bo‘lgan o‘zlashmalar, madaniyat rivoji va globalizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq ekanini tasdiqlaydi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Weinreich U. Languages in Contact: Findings and Problems. – New York: Linguistic Circle of New York, 1953.
2. Haugen E. The analysis of linguistic borrowing // Language. – 1950. – Vol. 26, No. 2. – P. 210–231.
3. Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of the English Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 2003.
4. Oxford English Dictionary. – Oxford: Oxford University Press, 2023.
5. Jackson H., Zé Amvela E. Words, Meaning and Vocabulary: An Introduction to Modern English Lexicology. – London: Continuum, 2007.
6. Oxford University Press. Oxford English Corpus. – Oxford, 2023.
7. Cosmetic Ingredient Review. Cosmetic Glossary and Terminology Guide. – Washington, 2022.
8. Statista. Global Beauty and Personal Care Industry Reports. – 2023.