MUHBIR NUTQIDA MANIPULYATIV VOSITALARNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Kalit so‘zlar:
muhbir nutqi, manipulyatsiya, mediadiskurs, leksik manipulyatsiya, evfemizm, disfemizm, framing, legitimatsiya, statistik manipulyatsiya, diskurs tahlili, pragmalingvistika.Abstrak
Ushbu maqolada zamonaviy mediadiskursda muhbir nutqida qo‘llangan manipulyatsiya hodisasining lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda manipulyatsiya tushunchasining nazariy asoslari yoritilib, uning pragmalingvistik va diskursiv tabiatiga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, nutq orqali adresat ongiga yashirin ta’sir ko‘rsatish usullari, manipulyativ strategiyalarning shakllanishi va ularning ommaviy axborot vositalaridagi namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tahlil materiali sifatida texnologik kompaniya faoliyatiga oid media matn tanlanib, undagi leksik manipulyativ vositalar, jumladan, evfemizmlar, ijobiy framing, legitimatsiya, statistik manipulyatsiya, autoritetga tayanish, disfemizatsiya hamda metaforik-emotsional birliklar aniqlanadi va izohlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mediadiskursda manipulyatsiya ko‘pincha yashirin shaklda amalga oshirilib, u auditoriya ongida muayyan kognitiv modelni shakllantirishga xizmat qiladi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Charaudeau P. Le discours politique. – Paris: Vuibert, 2005. – Pp. 32–35.
2. Доценко Е. Л. Психология манипуляции. – Москва: ЧеРо, 1997. – С. 108–112.
3. Fairclough N. Critical Discourse Analysis. – London: Longman, 1995. – Pp. 146–149.
4. Lakoff G. Don’t Think of an Elephant!. – White River Junction: Chelsea Green, 2004.
5. van Dijk T. A. Discourse and manipulation // Discourse & Society. – 2006. – Vol. 17, No. 3. – Pp. 359–383.
6. Wodak R. The discourse-historical approach // Methods of Critical Discourse Analysis. – London: Sage, 2001. – Pp. 63–94.
7. BBC. News article. – 2026-yil 24-aprel. – URL: https://www.bbc.com/news/articles/crm1y89vek8o