AQLIY ZAIF O‘SMIRLARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR BUZILISHINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK KORREKSIYASI

Mualliflar

  • Шахноза Амирсаидова Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Author

Kalit so‘zlar:

adolescents, interpersonal relationships, psychological and pedagogical correction, communication skills, social adaptation, group work, pedagogy, special education.

Abstrak

Maqolada aqliy zaif o‘smirlarda shaxslararo munosabatlar buzilishining psixologik-pedagogik xususiyatlari hamda ularni maxsus va inklyuziv ta’lim sharoitida korreksiya qilish yondashuvlari asoslab beriladi. Shaxslararo munosabatlar intellektual nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va moslashuvida muhim omil sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda o‘smirlarning emotsional-irodaviy, xulq-atvor va kognitiv sohalaridagi o‘ziga xosliklar hamda ularning tengdoshlar va kattalar bilan muloqotiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, aqliy zaif o‘smirlarda ijtimoiy vaziyatlarni anglashdagi qiyinchiliklar, noadekvat o‘z-o‘zini baholash, kommunikativ vositalarning cheklanganligi, yuqori emotsional qo‘zg‘aluvchanlik va barqaror shaxslararo aloqalarni o‘rnatishdagi muammolar mavjudligi qayd etiladi. Ushbu omillar ko‘pincha nizolar, ijtimoiy yakkalanish va jamoaviy munosabatlarni shakllantirishdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Maqolada kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, ijobiy xulq-atvor modellarini shakllantirish, emotsional sohani korreksiya qilish hamda o‘smirlarning o‘zini anglash darajasini oshirishga qaratilgan guruhiy psixologik-pedagogik ishlarning samaradorligi asoslab beriladi. O‘yin metodlari, rolli mashqlar, psixogimnastika va guruhiy muhokamalarni o‘z ichiga olgan korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar dasturi taqdim etilgan. Kuzatuv natijalari muntazam ishlar guruhdagi emotsional muhitni yaxshilashi, o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishi, konfliktlarni kamaytirishi va intellektual nuqsoni bo‘lgan o‘smirlarning ijtimoiy moslashuv darajasini oshirishini ko‘rsatadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Амирсаидова Ш.М. Maxsus psixologiya (oligofrenopsixologiya). — Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. — 256 s.

2. Нурмухамедова Л.Ш. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari: автореф. дис. ... канд. пед. наук. — Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005. — 24 s.

3. Гаурилиус А.И. Возрастная динамика представлений учащихся вспомогательной школы о себе и одноклассниках в системе межличностных отношений: автореф. дис. ... канд. пед. наук: 19.00.07. — Минск, 1998. — 22 с.

4. Мясищев В.Н. Психология отношений. — М.:Издательство Института психотерапии,2005.400 с.

5. Петрова В.Г., Белякова И.В. Психология умственно отсталых школьников: учеб. пособие для студентов высш. пед. учеб. заведений. — М.: Академия, 2002. — 160 с.

6. Специальная психология: учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб. заведений / В.И. Лубовский, Т.В. Розанова, Л.И. Солнцева [и др.]; под ред. В.И. Лубовского. — М.: Издательский центр «Академия», 2005. — 464 с.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-05-05

Qanday havola qilish kerak

AQLIY ZAIF O‘SMIRLARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR BUZILISHINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK KORREKSIYASI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(5), 395-400. https://publishscience.uz/sirsh/article/view/1599