MAKTABGACHA YOSHDAGI DUDUQLANUVCHI BOLALARDA NUTQIY NAFASNING AHAMIYATI

Mualliflar

  • Shahnoza Shokirova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Author

DOI:

https://doi.org/10.67227/20jvrp61

Kalit so‘zlar:

duduqlanish, nutqiy nafas, fonatsiya, artikulyatsiya, nevrotik duduqlanish, nevrozsimon duduqlanish, korreksion-pedagogik ish, ontogenez, logopediya, paradoksal nafas mashqlari.

Abstrak

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarda nutqiy nafasning shakllanishi, uning nutq faoliyatidagi o‘rni hamda duduqlanishning nevrotik va nevrozsimon shakllarida kuzatiladigan buzilish xususiyatlari yoritilgan. Nutqiy nafasning fonatsiya, artikulyatsiya va prosodik komponentlar bilan uzviy bog‘liqligi, uning ontogenez jarayonida bosqichma-bosqich rivojlanishi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, duduqlanuvchi bolalarda nafas va fonatsiya koordinatsiyasining buzilishi, nafas tutilishi, qo‘shimcha nafas olish, paradoksal nafas harakatlari hamda nutqning marom va ravonligiga ta’sir etuvchi omillar tavsiflangan. Maqolada duduqlanishni korreksiya qilishda nutqiy nafasni rivojlantirishning ahamiyati, logopedik mashqlar va relaksatsion usullarning samaradorligi, ayniqsa A.N. Strelnikovaning paradoksal nafas mashqlarini qo‘llash imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Nutqiy nafasni shakllantirish duduqlanuvchi bolalarning erkin muloqotga kirishishi, nutqning ritmik va intonatsion yaxlitligini ta’minlash hamda psixoemotsional holatini barqarorlashtirishda muhim omil sifatida baholanadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Селиверстов В.И. Заикание у детей. – М.: Владос, 1997. – 304 с.

2. Выготский Л.С. Мышление и речь. – М.: Педагогика, 1982. – 287 с.

3. Власова Н.А., Рау Е.Ф. Методика логопедической работы при заикании у детей. – М.: Просвещение, 1983. – 191 с.

4. Левина Р.Е. Нарушения речи у детей. – М.: Просвещение, 1968. – 368 с.

5. Филимонова В.Т. Формирование речевого дыхания у детей с нарушениями речи. – М., 2000. – 156 с.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-05-05

Qanday havola qilish kerak

MAKTABGACHA YOSHDAGI DUDUQLANUVCHI BOLALARDA NUTQIY NAFASNING AHAMIYATI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(5), 655-659. https://doi.org/10.67227/20jvrp61