MAKTABGACHA YOSHDAGI DUDUQLANUVCHI BOLALARDA NUTQIY NAFASNING AHAMIYATI
Kalit so‘zlar:
duduqlanish, nutqiy nafas, fonatsiya, artikulyatsiya, nevrotik duduqlanish, nevrozsimon duduqlanish, korreksion-pedagogik ish, ontogenez, logopediya, paradoksal nafas mashqlari.Abstrak
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarda nutqiy nafasning shakllanish xususiyatlari, uning nutq jarayonidagi fiziologik va psixolingvistik ahamiyati hamda duduqlanishning nevrotik va nevrozsimon shakllarida kuzatiladigan buzilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Nutqiy nafasning ontogenez jarayonida bosqichma-bosqich rivojlanishi, diafragma, fonatsiya va artikulyatsiya faoliyatining o‘zaro uyg‘unligi hamda bog‘langan nutqni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, duduqlanuvchi bolalarda nafas va fonatsiya koordinatsiyasining buzilishi, qo‘shimcha nafas olish, nafas tutilishi, paradoksal nafas harakatlari va nutqning maromiy buzilishlari kabi holatlar tavsiflangan. Maqolada duduqlanishni korreksiya qilishda nutqiy nafasni rivojlantirishning ahamiyati, logopedik mashqlar va relaksatsion usullarning samaradorligi, jumladan A.N. Strelnikovaning paradoksal nafas mashqlari metodikasining imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nutqiy nafasni maqsadli rivojlantirish duduqlanuvchi bolalarda nutqning ravonligi, ritmi va kommunikativ faoliyatini yaxshilashda muhim omil hisoblanadi. Kompleks korreksion-pedagogik yondashuv asosida olib borilgan ishlar bolalarning emotsional holatini barqarorlashtirish, nutqiy faoliyatini faollashtirish hamda ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda samarali natijalar beradi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Селиверстов В.И. Заикание у детей. — М.: Владос, 1997. — 304 с.
2. Выготский Л.С. Мышление и речь. — М.: Педагогика, 1982. — 287 с.
3. Власова Н.А., Рау Е.Ф. Методика логопедической работы при заикании у детей. — М.: Просвещение, 1983. — 192 с.
4. Левина Р.Е. Нарушения речи у детей. — М.: Просвещение, 1968. — 368 с.
5. Филимонова В.Т. Формирование речевого дыхания у детей с нарушениями речи. — М., 2000. — 156 с.