ADDIKSIYA SHAROITIDA INSON ERKINLIGI VA MAS’ULIYATINING CHEKLANISHI
Kalit so‘zlar:
Addiksiya, erkinlik, mas’uliyat, kompensator mexanizm, ijtimoiy anomiya, destruksiya, subyektlik, addiktologiya, falsafiy tahlil, ongli tanlov.Abstrak
Mazkur maqolada addiksiya fenomeni inson erkinligi va mas’uliyati muammosi bilan
uzviy bog‘liq holda falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Addiksiya shaxsning ichki ehtiyojlari bilan
tashqi ijtimoiy sharoitlar o‘rtasidagi ziddiyat natijasida yuzaga keluvchi kompensator mexanizm
sifatida talqin etiladi. Ijtimoiy bosim, stress, adolatsizlik va ma’naviy bo‘shliq shaxsning ongli
tanlov qobiliyatini zaiflashtirib, uni muvaqqat yengillik beruvchi vositalarga qaram qilib qo‘yadi.
Natijada addiksiya shaxs erkinligini bosqichma-bosqich cheklab, uning subyektlik maqomini
yemira boshlaydi. Maqolada Farobiy ta’limoti asosida erkinlik, iroda va mas’uliyat masalalari
yoritilib, addiktiv xulq ushbu qobiliyatlarning izdan chiqish shakli sifatida talqin qilinadi.
Yuklashlar
Havolalar
1. Очилдиев А. ва бошқ. Диншунослик асослари. — Тошкент: «Тошкент ислом
университети», 2013. 16-бет.
2. Raximdjanova D.S. Klassik yunon falsafasi va sharq peripatetizmida erkinlik
fenomeni komparativistikasi. Fal.fan.bo’y.fal.dok.diss. avtoreferati. -Toshkent: ToshDTU. 2025.
22-bet.
3. Қаранг: Деструкция // Словарь иностранных слов. Составитель Комлев Н.Г. -
Москва: Эксмо-пресс, 2000. –С.41.
4. Городяненко В. Социальная деструктивность: виды, механизмы и факторы
актуализации // Украинский социологический журнал, 2015. №1-2. - С. 72.
5. Ғуломов С.С. “Олий таълим” луғат-маълумотнома. Тошкент: “Молия”, 2003.
Б- 18.
6. Дюркгейм Э. Самоубийство. Социологический этюд. М., «Мысль», 1994. C-
119.
7. Котова С. А. К73 Интернет-зависимость у детей и подростков: риски,
диагностика и коррекция.- СПб.: изд-во ВВМ, 2023. - 5 с.
8. Николаева Е. Каменская В. Аддиктология. Теоретические и
экспериментальные исследования формирования аддикции/ Е. Николаева, В. Каменская.
М.: Форум, 2015. – 224 с.