DRAMATIK MATNDAGI TASHQI REMARKALARNING LOKAL-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Gulhida Ikromova Farg‘ona davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

dramatik matn, tashqi remarka, muallif remarkasi, ekspozitiv remarka, interpozitiv

Abstrak

Mazkur maqolada dramatik matn tarkibidagi tashqi remarkalarning lingvistik tabiati, 
struktur xususiyatlari hamda funksional yuklamasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda tashqi 
remarkalarning qahramonlar replikasi va dialogdan tashqarida joylashuvchi muallif izohlari 
sifatidagi o‘rni yoritilib, ularning sahnaviy voqelikni modellashtirishdagi ahamiyati ochib 
beriladi. Xususan, tashqi remarkalarning dramatik matnda makon va zamon koordinatalarini 
belgilashi, personajlar harakati va sahnaviy vaziyatni tavsiflashi, voqealar rivojining 
bosqichlarini izohlashi kabi funksiyalari misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, tashqi 
remarkalarning ekspozitiv, interpozitiv va postpozitiv turlari ajratilib, ularning har biri dramatik 
kompozitsiya va kommunikativ yaxlitlikni ta’minlashdagi roli ilmiy asosda tavsiflanadi. 
Tadqiqot natijasida tashqi remarkalar dramatik matnning muhim struktur-semantik va sahnaviy-
kommunikativ komponenti ekani asoslanadi. 

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

1. Манковский А. В.Авторская ремарка в драматургии // Вестник филологических

наук. – 2010. – № 3. – С. 45–52.

2. Suchy P. A.The stage direction as utterance // Journal of Dramatic Theory and

Criticism. – 1995. – Vol. 9. – No. 2. – P. 77.

3. Pellatt V.Stage directions as endotext: psychological and socio-pragmatic dimensions

// Language and Literature. – 2023. – Vol. 32. – No. 1. – P. 34–48.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-03-05

Qanday havola qilish kerak

DRAMATIK MATNDAGI TASHQI REMARKALARNING LOKAL-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI . (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(3), 337-340. https://publishscience.uz/sirsh/article/view/956

O'xshash maqolalar

1-10 / 166

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.