XIX–XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGI ETNOGRAFIYASINING RUS TADQIQOTCHILARI TOMONIDAN O‘RGANILISHI

Mualliflar

  • Oltinbek Tadjibayev University of Economics and Pedagogy Author

Kalit so‘zlar:

Buxoro amirligi, etnografiya, rus tadqiqotchilari, XIX asr, XX asr boshi, Markaziy Osiyo, tarixiy manbalar, urf-odatlar, an’anaviy turmush, ijtimoiy tuzilma.

Annotatsiya

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligi etnografiyasining rus tadqiqotchilari tomonidan o‘rganilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘sha davrda faoliyat yuritgan rus olimlari, sayyohlari va harbiy-ma’muriy vakillarining ilmiy merosi, ularning etnografik kuzatuvlari hamda to‘plagan materiallari ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, rus tadqiqotchilarining Buxoro amirligi hududidagi aholi tarkibi, urf-odatlar, turmush tarzi, an’anaviy xo‘jalik shakllari va ijtimoiy munosabatlar haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Maqolada ushbu manbalarning tarixiy-etnografik ahamiyati hamda ularning bugungi ilmiy tadqiqotlar uchun qiymati asoslab beriladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-02-28