OLIY TALIM MUASSASALARIDAGI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH XALQARO STANDARTLARNI QO’LLASH

Авторы

  • Hamdamov Yusufjon Author

Ключевые слова:

Ta’lim, sifat, menejment, ta’lim tizimi, standartlar, menejment tizimi sertifikatlari, identifikatsiya

Аннотация

Ma'lumki, ta'lim jamiyat rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Qanday sohada bo‘lmasin, yuqori bilimga ega mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari bilan shug‘ullanish, yangi mahsulot turlarini yaratish va texnologiyalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Jahondagi globallashuv jarayonlari va kompaniyalar o‘rtasidagi mavjud chuqur raqobat muhiti mutaxassislarni ham favqulodda shunga tayyor bo‘lishlarini talab etadi. Ular nafaqat o‘z g‘oyalarini rivojlantirish va yaratilgan nazariy modellarini amalda joriy etish uchun qulay sharoitlarni ta'minlaydilar, shu bilan birga, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi uchun ham muhim intellektual omil hisoblanadilar.

Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida yuqori malakali kadrlarni egallash va yollash uchun kompaniyalar o‘rtasida raqobat kurashi birmuncha oshdi. Bu nafaqat tijorat tashkilotlariga, balki ilmiy-tadqiqot markazlari, o‘quv yurtlariga ham tegishlidir. Shunday ekan, zamonaviy ta'lim sifati to‘g‘risidagi masala birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo hisoblanadi. Aynan, OTM (oliy ta'lim muassasa)lar kelgusi mutaxassislarning aniq kasbiy sohasida bilimlarini shakllantiradi.

Биография автора

  • Hamdamov Yusufjon

    Farg‘ona politexnika instituti, Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi magistranti.

Библиографические ссылки

1. Boboeva Mohim Shukurovna., “Ekologik barqarorlikni ta’minlashda xalqaro va milliy tajriba” INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 2, Issue 4. Dec. (2023).

2. Bobur Turdiyev, mustaqil tadqiqotchi., “Havo ifloslanishi va aholi salomatligi bilan bog‘liq inqirozdan chiqish: Yaponiya tajribasi”., Kun.uz - elektron sahifasi.

3. Obidov, J. G. (2023). Virtual process modeling technologies based on imitation-variability in technical higher education institutions. In E3S Web of Conferences (Vol. 452, p. 07017). EDP Sciences.

Опубликован

2025-08-18