XORAZM MATBUOTI TARIXIDAN
Ключевые слова:
matbuot, jadid, poligrafiya, matbaachilik, qatag‘on, inqilob, maorif, toshbosma, mixbosmaАннотация
Mazkur maqolada Xorazm jadid matbuotining shakllanish, vujudga kelish va tarqqiyot bosqichlari yoritiladi. Dastlab vujudga kelishining ijtimoiy-tarixiy asoslari o‘rganiladi. Bunda Xorazm xalqining buyuk farzandi, shoir, tarixchi, davlat arbobi Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarayi xorazmshohiy” tarixiy asaridagi ma’lumotlarga va matbuot matnlariga asoslaniladi. “Shajarayi xorazmshohiy”ning so‘nggi – XV bobida XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi ijtimoiy-tarixiy hayot, Rossiya mustabidchiligi, ozodlik va mustaqillikka ehtiyojning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq xalqning kechinmalari, qalb tug‘yonlari, ziyoli qatlamning jonkuyarligi va fidoiyligi o‘z ifodasini topgan. Bu tasvirlar bizni Xorazm jadidchiligi va uning shakllanishiga sabab bo‘lgan tarixiy voqeliklar bilan tanishtiradi. Jarayonning faol ishtirokchilari, jonkuyar yetakchilari va tashkilotchilari haqida ma’lumot beradi. Shu sababli ham, tadqiqotni yaratishimizda mazkur asarga va davr matbuoti manbalariga tayanib xulosalar chiqardik.
Maqolada Xorazm jadid matbuotining yo‘lboshlovchilaridan, keyinchalik qatag‘on qurbonlaridan bo‘lgan Bekjon Rahmonov, Otajon Abdalov va Qurbon Olloberganov (Beregin)ning faoliyatlarini yoritishga ham alohida e’tibor qaratildi. Ularning umr yo‘llari, turkiy xalqlar kelajagi va mustaqilligi uchun amalga oshirgan ishlari borasida ma’lumotlar berildi. Xorazm jadid matbuotining birinchi mahalliy gazetasi “Inqilob quyoshi”dir. U 1920 yil 6 martdan boshlab chop etila boshlangan. Maqolada mazkur nashrning taqdiri, ahamiyati va ijtimoiy hayotdagi o‘rni ham ochib beriladi.
Библиографические ссылки
Adizova, I. I. (2024). Interpretation of the Poetic Views of the Period in Mutribi Tazkiras (Essays). SPAST Reports, 1(1).
2. Adizova, I. GENESIS AND HISTORICAL PERFECTION OF THE GENRE" FARD.
3. Adizova, I. (2019). THE GENRE OF MUSALLAS IN UZBEK CLASSICAL LITERATURE. Theoretical & Applied Science, (12), 648-651.
4. Adizova, I. (2019). Oʻzbek mumtoz adabiyotida harora gʻazallar. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 4(4).
5. Bayoniy. (1991) Shajarayi xorazmshohiy. Nashrga tayyorlovchi Iqboloy Adizova. Toshkent: Kamalak.
6. Bekmuhammad, U. (2012). Xorazmga oshufta ko‘ngillar. Toshkent: Yangi asr avlodi.
7. Jumaxo‘ja, N., & Adizova, I. (1995). So ‘zdin baqoliroq yodgor yo ‘qdir. T.: O'zbekiston.
8. Karimov, N. (2006). Qurbon Beregin qismati. Toshkent.
9. Mamadaminova, B. (2023). Xorazmda madaniyat muassasalarining tashkil etilishi. “Falsafa va huquq” jurnali, 2-son, 155-158-b.
10. Rahimov, N. (2022). Xorazm xalq sho‘rolar jumhuriyati tarixini o‘rganish muammolari va yondashuvlar. Toshkent: Lesson Press.
11. O‘zbekcha inqilobiy she’rlar yug‘urumi, (1923). Xiva.