KINOYANI TAHLIL QILISHDA PRAGMALINGVISTIK VA LINGVOMADANIY YONDASHUV

Mualliflar

  • Gulnoza Jumayeva Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Author

Kalit so‘zlar:

ironiya, pragmalingvistika, lingvomadaniy yondashuv, ijtimoiy chegara, pragmatika, semantika, diskurs tahlil.

Annotatsiya

Adabiyotshunoslikda kinoyani tahlil qilish uchun avval uni vujudga keltiradigan sabablar o‘rganiladi. Bu sabablar jamiyat, zamon va inson turmush tarzi, madaniyat, makon kabi omillarga bog‘liq. Chunki adabiyot inson va uni o‘rab turgan olam, ijtimoiy turmush tarzi, yashash uchun sabab bo‘layotgan vositalar va maqsadlar haqida gapiradi. Shu maqsad va sabablarning oqibati borasida hikoya qiladi. Ushbu sababdan ham insonni faqatgina tirik jon sifatida emas shaxs sifatida tasvirlay olish uchun, u yashayotgan turmush tarzi va muhit inobatga olinishi lozim.  Ushbu maqoladagi nazariy qarashlar va misollar badiiy matnda kinoya faqat muallif uslubi orqali emas, balki ijtimoiy-madaniy muhit bilan uyg‘unlashgan va kitobxonning tushunish saviyasi orqali yuzaga chiqadigan ko‘p bosqichli kommunikativ hodisa ekanligini tushuntirish uchun dalil sifatida keltirilgan.

Iqtiboslar

1. Akbarova X. Matnga lingvomadaniy va lingvopoetik yondashuv (maqola) // American Journal of Education and Learning. — 2025. — 3-jild, 30-may.

2. Arutyunova N. D. Til va inson olami. — Moskva: Yazyki russkoy kultury, 1999. — 896 b.

3. Ergashova D. Pragmalingvistikaning predmeti yoxud pragmalingvistik tahlil (maqola) // Research and Implementation ilmiy-uslubiy jurnali. — 2025. — № 1 (23). — B. 159.

4. Mahmudov N. Til va nutq. — Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

5. Yo‘ldoshev B. Badiiy matn lingvipoetikasi. — Toshkent: Fan, 2008.

6. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018.

7. Stanford Encyclopedia of Philosophy. S. Kierkegaard haqidagi maqola. — URL: https://plato.stanford.edu/archives/sum1998/entries/kierkegaard/

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-22