ART-JURNALISTIKADA MEDIADISKURS VA JANR TRANSFORMATSIYASI

Mualliflar

  • Gulmira Paluanova Qoraqalpoq davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

art-jurnalistika, mediaddiskurs, janr transformatsiyasi, media lingvistika, multimodallik, interaktivlik, subyektivlik, diskurs tahlili, raqamli media, Qoraqalpog‘iston OAV.

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy media muhitida art-jurnalistika diskursining transformatsiyasi filologik va media-lingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot Qoraqalpog‘iston ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan 30 ta art-jurnalistika matnidan (bosma, audiovizual va raqamli formatlar) iborat korpusga tayanadi. Metodologiya diskurs tahlili, janr tahlili, lingvistik tahlil hamda qiyosiy usullar integratsiyasiga asoslanib, matnlar ekspressivlik, subyektivlik, interaktivlik va multikodlilik indikatorlari orqali kodlangan. Natijalar art-jurnalistika matnlarining media platformalarga qarab sezilarli farqlanishini ko‘rsatdi: raqamli media matnlarida ekspressivlik va subyektivlik ortib, interpretativ diskurs kuchaygani aniqlandi. Interaktivlik darajasining yuqoriligi auditoriyaning faol kommunikativ subyektga aylanganini, multikodlilik esa matn, audio va vizual komponentlar integratsiyasi orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Tadqiqot art-jurnalistikada janrlar transformatsiyasi va gibrid shakllarning (blog, podkast, videokontent) shakllanishini ham aniqladi. Qoraqalpog‘iston OAV tajribasi global media tendensiyalariga moslashgan holda milliy madaniy diskursni rivojlantirishini tasdiqlaydi.

Iqtiboslar

1. van Dijk T. A. Discourse and Power. — London, 2008.

2. McNair B. Cultural Chaos: Journalism and Power in a Globalised World. — 2006.

3. Fairclough N. Media Discourse. — London, 1995.

4. Habermas J. The Structural Transformation of the Public Sphere: An Inquiry into a Category of Bourgeois Society. — Cambridge, MA: MIT Press, 1991.

5. Qoraqalpog‘iston ommaviy axborot vositalari materiallari (2020–2025): “Erkin Qaraqalpaqstan” gazetasi maqolalari; “Qoraqalpog‘iston madaniyati” nashri materiallari; mahalliy televideniye madaniy ko‘rsatuvlari transkriptlari.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-28