“RASAILU-L-XORAZMIY: EPISTOLYAR JANR POETIKASI VA MANBA SIFATIDAGI AHAMIYATI
Kalit so‘zlar:
Abu Bakr al-Xorazmiy, “Rasailu-l-Xorazmiy”, epistolyar adabiyot, sultaniyyat(rasmiy yozishmalar), ihvoniyyat (do‘stona yozishmalar), tavqi‘ot.Annotatsiya
IX-XII asrlarda Movarounnahrda, xususan Xorazmda arab tilida yaratilgan adabiy asarlar nafaqat arab, balki butun islom ma’naviy merosining ajralmas va muhim qismi hisoblanadi. Ular orasida mashhur filolog, yozuvchi va shoir Abu Bakr Muhammad ibn Abbos al-Xorazmiy (935–993)ning boy va ko‘p qirrali ilmiy-adabiy merosi alohida ajralib turadi. Xorazmiy mumtoz arab adabiyotining turli janrlarida ijod qilgan. Bizgacha uning “Devon ash-shi’r” (She’rlar devoni), “Rasailu-l-Xorazmiy” (Xorazmiy maktublari) va “Al-amsal al-muvallad” (Mualliflik maqollar) kabi asarlari yetib kelgan. Ushbu asarlarning har biri o‘ziga xos adabiy va tarixiy qimmatga egadir.
Mazkur maqolada muallif tomonidan turli zamondoshlariga yo‘llangan 150 dan ortiq maktubdan iborat “Rasailu-l-Xorazmiy” asari tahlil qilinadi. Aniq misollar asosida ushbu asarning arab epistolyar adabiyotidagi ahamiyati ochib beriladi.
Iqtiboslar
1. Die Handschriften-Verzeichnisse der Königlichen Bibliothek zu Berlin. Verzeichnisse der arabischen Handschriften von Ahlwardt W. XIX. Buch (Fortsetzung). — Berlin, 1895.
2. Verzeichnis der arabischen Handschriften der Königlichen Universitätsbibliothek Tübingen. (Nr. 47–247). — Tübingen: Weisweiler M., 1930. — Vol. MaVI,2.
3. Abu Mansur as-Saolibiy. Yatimat ad-dahr / tadqiq qiluvchi, tarjimon, izoh va ko‘rsatkichlarni tuzuvchi I. Abdullayev. — Toshkent: Fan, 1976. — 227 b.
4. Броккельман К. تاريخ الأدب العربي. — القاهرة: الهيئة المصرية العامة للكتاب، 1960.
5. Sadriddinov Alovuddin. Arab adabiyotida tarassul janrining rivoji // Sharqshunoslik. — 2002. — 2-son. — B. 36.
6. Saolibiy Abu Mansur. Kanz ul-kuttab. — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagi 1848 (II) raqamli qo‘lyozma.
7. Sulaymonova H. O‘zbek va arab adabiyotida epistolyar janrlar tarixining qiyosiy tadqiqi // Sharq mash’ali. — 2024. — № 2. — B. 22–30.
8. Фильштинский И. М. Арабская литература в средние века. — М.: Наука, 1977. — С. 249–250.
9. Xo‘jayeva R. Mamluklar davri arab adabiyoti. — Toshkent: TDSHI nashriyoti, 2013. — 32 b.
10. . تهران: انجمن آثار و مفاخر فرهنگی، 2005. رسائل الخوارزمي
11. القسطنطينية: مطبعة الجوائب، 1880. رسائل أبي بكر الخوارزمي. محمد بن العباس الخوارزمي.