DISKURS TUSHUNCHASINING TARIXIY RIVOJI VA DISKURSIV MARKERLARNING FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Kalit so‘zlar:
diskurs, diskursiv markerlar, lingvopragmatika, sotsiolingvistika, diskurs tahlili, tarixiy taraqqiyot, kommunikativ birliklar, pragmatik funksiyalar, matn va nutq, multimodal diskurs, kognitiv yondashuv, o‘zbek tilshunosligi, nutq jarayoni, kontekst, til va jamiyat.Annotatsiya
Mazkur maqolada diskurs tushunchasining shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti antik davrdan boshlab zamonaviy lingvistik bosqichlargacha izchil tahlil qilinadi. Xususan, Platon va Aristotel davridagi “logos” konsepsiyasidan tortib, strukturalizm, poststrukturalizm hamda zamonaviy kognitiv va multimodal yondashuvlargacha bo‘lgan ilmiy qarashlar yoritiladi. Maqolada diskursiv markerlarning lingvopragmatik tabiati, ularning nutqdagi bog‘lovchi, izohlovchi va kommunikativ vazifalari tahlil qilinadi. O‘zbek tilshunosligida diskurs va diskursiv markerlarning o‘rganilish bosqichlari, ularning tarixiy ildizlari Devonu lug‘otit turk hamda Alisher Navoiy asarlaridagi namunalari asosida yoritib beriladi.
Iqtiboslar
1. Фуко М. Археология знания. — М.: Гнозис, 1994. — 327 с.
2. Остин Дж. Слово как действие. — М.: Прогресс, 1986. — 247 с.
3. van Dijk T. A. Ideology and discourse: A multidisciplinary introduction. — Pompeu Fabra University, 2000. — 68 p.
4. Komilova N. Diskursiv birliklar va ularning kommunikativ funksiyasi // O‘zbek tili va adabiyoti. — 2012. — № 4. — B. 23–29.
5. Qashg‘ariy M. Devonu lug‘otit turk. — T.: Fan, 1960. — T. 1. — B. 65–92.
6. Navoiy A. Munojotlar. — T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985. — B. 41–57.