MAXTUMQULI IJODIDA SAFAR MOTIVI

Mualliflar

  • San’at Sariyev Urganch davlat universiteti Author
  • Gulnurabegim Sariyeva Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

Maxtumquli, xalq dostonlari, safar motivi, folklorizm, tasavvuf, barmoq vazni, dostonchilik.

Annotatsiya

Mazkur maqolada Maxtumquli Firog‘iy ijodida safar mavzusi insonning hayot yo‘li va ruhiy izlanishlarini ifoda etishi tahlil qilinadi. Shoir Xiva va Buxoro kabi yirik ilm markazlariga bilim izlab safar qilar ekan, bu yo‘lda nafaqat jismoniy qiyinchiliklarga, balki yaqinlaridan uzoqlashish va oilaviy ayriliqlarga ham duch keladi. Agar “Alpomish” yoki “Go‘ro‘g‘li” dostonlarida qahramonlik safarlari, asosan, tashqi dushmanga qarshi qaratilgan bo‘lsa, Maxtumquli she’rlarida bu motiv shaxsiy kechinmalar va irfoniy izlanishlar darajasiga ko‘tariladi. Uning ijodida safar tushunchasi insonning ma’naviy yuksalishiga va o‘z nafsini tarbiyalashiga xizmat qiladi. Shoir uchun g‘urbat (musofirlik) faqat o‘z yurtidan uzoqda bo‘lish emas, balki inson ruhining bu dunyodagi vaqtinchalik holati hisoblanadi.

Iqtiboslar

1. Maxtumquli. Tanlangan asarlar: 2 jildlik. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.

2. Мелетинский Е. М. Поэтика мифа. — М.: Наука, 2000.

3. Пропп В. Я. Исторические корни волшебной сказки. — М.: Лабиринт, 2000.

4. Abdunazarov Z. Maxtumquli she’riyatida poetik mahorat. — Toshkent: Fan, 1988.

5. Jumayev Q. Maxtumquli va o‘zbek adabiyoti. — Toshkent: Fan, 1984.

6. Mullayev M. Maxtumquli ijodida inson konsepsiyasi. — Ashxobod: Ylym, 1990.

7. Жирмунский В. М. Тюркский героический эпос. — Л.: Наука, 1974.

8. Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2005.

9. Eshonqul J. Folklorda obraz va motiv evolyutsiyasi. — Toshkent: Fan, 2008.

10. Komilov N. Tasavvuf. — Toshkent: Movarounnahr, 2009.

11. Haqqul I. Irfan va idrok. — Toshkent: Ma’naviyat, 1998.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-29