“YASHIL MAKON” EKOLOGIK MUHITINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM-TARBIYANING IJTIMOIY-MA’NAVIY AHAMIYATI

Mualliflar

  • Komil Kalanov Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti Author

Kalit so‘zlar:

ekologiya, ekotizim, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, madaniy muvozanat, yoshlar tafakkuri, texnosfera, biosfera.

Annotatsiya

Maqolada muallif zamonaviy davrning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan ekologik tarbiya va ekologik madaniyat masalalarining ijtimoiy-ma’naviy jihatlarini tahlil qiladi. Muammo sotsiologik nazariya va amaliyot uyg‘unligida metodologik asosda yoritiladi. Yoshlarning ekologik bilimlarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma natijalari asosida ekologik madaniyat rivojlanish tendensiyalari va uning transformatsion jarayonlari tahlil qilinadi. So‘nggi o‘n yilliklarda ekologik muammolarning murakkablashuvi, ayniqsa suv resurslari bilan bog‘liq masalalarning dolzarbligi ilmiy prognozlar asosida yoritiladi. Shu bilan birga, muammoning davlat darajasidagi ahamiyati va qonunchilikdagi aks etishi ko‘rsatib beriladi. Murakkab ekologik sharoitlarda ilmiy yechimlarni topish uchun aholining, xususan yoshlarning ekologik tafakkurini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Iqtiboslar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktabrdagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-sonli Farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-sonli Farmoni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 dekabrdagi “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarori.

4. Bobayev H., Dustjonov T., Hasanov S. Avesto — Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi. — Toshkent, 2004. — 322 bet.

5. Al-Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. — T.: Fan, 1968. — 488 bet.

6. Berdanova F. U. Qoraqalpoq oilalarida bolalarning ekologik madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari (o‘smirlar misolida): ped. fan. nomz. dis. — T.: O‘zPFITI, 2005. — 152 b.

7. Egamberdiyeva N. M., Norqulov H. D. va b. Oilalarda “Yashil makon” ekologik sog‘lom muhitini rivojlantirish shakllari va uslublari. — Toshkent, 2024. — B. 7.

8. Ананьев Б. Г. О проблемах современного человекознания. — М.: Наука, 2007. — С. 81.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-29