ILK OʻRTA ASRLARDA XORAZM VOHASIDA YUZ BERGAN IJTIMOIY-SIYOSIY VA ETNOMADANIY JARAYONLARNING ARXEOLOGIK MATERIALLARDA AKS ETISHI

Mualliflar

  • Allayar Azatov Milliy antropologiya instituti Author

Kalit so‘zlar:

Xorazm vohasi, ilk o‘rta asrlar, Turk xoqonligi, Eftaliylar, arxeologik topilmalar, tangalar, etnomadaniy jarayonlar, motam marosimlari, Umay va Anaxita tasvirlari, Afrig‘iylar sulolasi.

Annotatsiya

Mazkur maqolada ilk o‘rta asrlarda, xususan V–VIII asrlarda Xorazm vohasida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy hamda etnomadaniy jarayonlarning arxeologik materiallarda aks etishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Eftaliylar va Turk xoqonligi davrida Xorazm hududida kuzatilgan madaniy o‘zgarishlar, siyosiy aloqalar hamda ularning moddiy madaniyat namunalarida ifodalanishi ko‘rib chiqiladi. Xususan, tangalar, harbiy qurollar, tasviriy san’at namunalari, diniy-mifologik tasvirlar hamda motam marosimlari bilan bog‘liq topilmalar asosida turkiy va mahalliy an’analarning o‘zaro ta’siri yoritiladi. Shuningdek, To‘q-qal’a ostodoni, Panjikent devoriy rasmlari, Anikovo idishi hamda Turk xoqonligi va Xorazm tangalari misolida mintaqadagi madaniy sintez jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Xorazm vohasi ilk o‘rta asrlarda turli siyosiy kuchlar ta’sirida bo‘lsa-da, o‘ziga xos mahalliy madaniy an’analarni saqlab qolgan holda turkiy etnomadaniy elementlar bilan uyg‘unlashgan murakkab madaniy muhitni shakllantirgani aniqlanadi

Iqtiboslar

1. Толстов С. П. Древний Хорезм. – М., 1948. – Табл. 86.

2. Толстов С. П. Древний Хорезм: опыт историко-археологического исследования. – М.: Изд-во МГУ, 1948. – С. 216–218.

3. Рапопорт Ю. А. Из истории религии древнего Хорезма (оссуарии). – М., 1971. – 132 с. – (Тр. Хорезмской археолого-этнографической экспедиции; т. VII). – С. 103.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-05-08

Qanday Iqtibos Keltirish

ILK OʻRTA ASRLARDA XORAZM VOHASIDA YUZ BERGAN IJTIMOIY-SIYOSIY VA ETNOMADANIY JARAYONLARNING ARXEOLOGIK MATERIALLARDA AKS ETISHI. (2026). Ijtimoiy-Gumanitar Sohada Ilmiy-Innovatsion Tadqiqotlar, 3(5), 64-69. https://publishscience.uz/index.php/sirsh/article/view/1274