FAQIRIY G‘AZALLARIDA BADIIY-G‘OYAVIY VA MAVZUVIY TIZIM, SEMANTIK VA BADIIY QATLAMLAR
Kalit so‘zlar:
Ismoilxon Faqiriy, g‘azal, badiiy-g‘oyaviy tizim, mavzuviy qatlam, semantika, mumtoz poetika, ramz va majoz.Annotatsiya
Ushbu annotatsiyada XIX asr o‘zbek mumtoz adabiyoti vakili Ismoilxon Faqiriy g‘azallarida badiiy-g‘oyaviy va mavzuviy tizimning shakllanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoir g‘azallarida ishqiy, tasavvufiy, falsafiy va ijtimoiy motivlarning uyg‘unlashuvi, an’anaviy mumtoz poetik mezonlar asosida obrazlar tizimi va badiiy tasvir vositalarining qo‘llanilishi yoritiladi. Tadqiqotda Faqiriy g‘azallarining semantik qatlamlari — majoz, ramz, istiora va tashbehlar orqali yuzaga chiqadigan ma’no ko‘lami, shuningdek, badiiy qatlamda poetik san’atlarning funksional ahamiyati ochib beriladi. Natijada shoir ijodining mumtoz adabiyot an’analari bilan uzviy bog‘liqligi va individual badiiy tafakkurining o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi.
Iqtiboslar
1. Faqiriy I., Homidov N. va boshqalar. Avlodlar bayozi. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1996.
2. Vohidov Sh. Fakiriy // Sobiq Rossiya imperiyasi hududida islom. Ensiklopedik lug‘at. 3-son. Moskva: Sharq adabiyoti, 2001.
3. Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari. Tazkira. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2001.
4. Mirzo Kenjabek. Ilm oʻrganu xat o‘rganu odob oʻrgan. Sohibi devoni Faqiriy hazratlari. "Maʼrifat" gazetasi, 2004 yil, 28-yanvar.
5. Ismoilov M. Faqiriy va Najotiy ijodiy faoliyatlarining Shahrisabz ilmiy-adabiy muhitida tutgan o‘rni xususida. Shahrisabz shahrining jahon tarixida tutgan o‘rni. Xalqaro ilmiy konferensiya maruzalari tezislari, Toshkent: Fan, 2002.
6. Yakubova, S.X. Ismoilxon Faqiriy o‘zbek adabiyotida yangi va yorqin ijodkor. International Journal of Art and Education, 2024, №4, pp. 112–118.
7. Yakubova, S.X. Fakiri – блестящий творец узбекской литературы. Foreign Linguistics: Problems and Solutions, 2024, №7, pp. 45–52.
8. Yakubova, S.X. Lexicon of Dialects Found in the Works of Ismailkhan Faqiri. Asian Journal of Philosophical Studies, 2025, Vol. 11(1), pp. 63–72.