SINTAKTIK-STILISTIK VOSITALARNING SHARQ POETIKASIDAGI O‘RNI
Kalit so‘zlar:
sintaktik-stilistik vositalar, inversiya, takror, ellipsis, parallelizm, ritorik so‘roq gap, so‘z tartibi.Annotatsiya
Mazkur maqolada badiiy nutqda muhim o‘rin tutuvchi sintaktik-stilistik vositalar, ularning turlari hamda poetik matnda qo‘llanish xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida mumtoz va zamonaviy shoirlar ijodidagi inversiya, takror, ellipsis, parallelizm, ritorik so‘roq gaplar va so‘z tartibi kabi sintaktik-stilistik vositalarning g‘azal janridagi funksional va estetik vazifalari tahlil qilinadi. Maqolada shoirlarning aynan qaysi g‘azallarida mazkur vositalardan foydalangani aniqlanib, ularning badiiy ta’sir kuchini oshirishdagi roli misollar asosida ochib beriladi. Har bir sintaktik-stilistik vosita konkret g‘azal namunalarida tahlil qilinib, ularning mazmuniy va emotsional yuklamasi izohlanadi. Tadqiqot natijasida sintaktik-stilistik vositalarning g‘azal poetikasidagi ahamiyati va shoir individual uslubini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.
Iqtiboslar
1. Qosimov B. Lutfiy poetikasi. - Toshkent, 2004. 78-82-betlar.
2. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tili stilistikasi. Toshkent: Universitet, 1996. 168-169-betlar
3. Saidov Q. Bobur poetikasi. — Toshkent, 1998. 45-48-betlar.
4. Rustamov A., A. Navoiyning badiiy mahorati. Toshkent: “Adabiyot va san’at”, 1979-y. 69-bet
5. Sirojiddinov.Sh, Yusupova.D, Davlatov.O. Navoiyshunoslik.Toshkent: “Tamaddun”, 2018-y.