BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA FAZOVIY TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISHNING METODIK IMKONIYATLARI

Mualliflar

  • Muhabbat Mamasaidova Farg‘ona davlat universiteti Author

Kalit so‘zlar:

fazoviy tasavvur, fazoviy tafakkur, boshlang‘ich ta’lim, geometrik ko‘nikmalar, integratsiyalashgan ta’lim, raqamli texnologiyalar

Annotatsiya

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari, xorijiy va milliy tajribalar tahlil qilinadi. Fazoviy tafakkur 21-asr ta’limining muhim komponenti sifatida ko‘rilib, o‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlar tajribasida maxsus treninglar, integratsiyalashgan ta’lim va raqamli texnologiyalar orqali fazoviy ko‘nikmalarni rivojlantirish strategiyalari qo‘llaniladi. O‘zbekiston boshlang‘ich ta’limida ham geometrik shakllar, tasviriy san’at va texnologiya fanlari yordamida fazoviy tafakkur elementlarini singdirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, pedagoglarning metodik tayyorgarligi va raqamli resurslar imkoniyatlari bu jarayondagi muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida fazoviy tafakkur elementlarini singdirishning samarali yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi.

Iqtiboslar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4885-son qarori “Raqamli ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2020.

3. Urazova Z.M. Boshlang‘ich sinflarda fazoviy tafakkurni shakllantirish metodikasi. – Toshkent: Fan, 2017.

4. Norboyeva S.M., va boshqalar. Boshlang‘ich sinflarda geometrik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslari // Pedagogika. – 2022.

5. Mashrapova G.M. Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik asoslari. – Toshkent, 2021.

6. Mashrapova G.M. Visualization and modeling technologies in teaching geometry and graphics // American Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2025. – Vol. 40 (May). –72

7. Newcombe N. Harnessing Spatial Thinking to Support STEM Learning // OECD Education Working Papers. – 2017. –3

8. Clements D.H. Geometric and Spatial Thinking in Young Children. – ERIC Digest, ED436232, 1998. –7

9. Norboyeva S.M., Sattorova M.R., Ummatova Z.F. Geometrik materialni o‘rganishda tizimli yondashuvni tashkil etish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fazoviy tasavvurlarni shakllantirish // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – Vol. 2, Issue 11. –1055

10. So‘fiboyeva G. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy va fazoviy tafakkurni rivojlantirish // Xalq ta’limi. – 2019.

11. Davlat ta’lim standarti. Boshlang‘ich ta’lim (1–4-sinflar). – Toshkent, 2021.

12. Respublika Ta’lim markazi. Boshlang‘ich matematika fan dasturi. – Toshkent, 2022.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-01-29