METODIK KOMPETENTLIK TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK MOHIYATI VA TARKIBIY TUZILMASI
Kalit so‘zlar:
metodik kompetentlik, kasbiy kompetensiya, pedagogik faoliyat, metodik tayyorgarlik, ta’lim jarayoni, kompetensiyaviy yondashuvAnnotatsiya
Mazkur maqolada metodik kompetentlik tushunchasining pedagogik mohiyati hamda uning tarkibiy tuzilmasi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda metodik kompetentlik o‘qituvchining kasbiy faoliyatini samarali tashkil etish, ta’lim mazmunini to‘g‘ri tanlash va o‘qitish jarayonini maqsadga muvofiq loyihalash qobiliyatini ifodalovchi integral sifat sifatida talqin etiladi. Shuningdek, metodik kompetentlikning motivatsion, kognitiv, faoliyat va refleksiv komponentlari ochib berilib, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Maqola natijalari bo‘lajak pedagoglarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtiboslar
Shulman L. S. Those who understand: Knowledge growth in teaching // Educational Researcher. – 1986. – Vol. 15, No. 2. – P. 4–14.
Markova A. K. Psikhologiya professionalizma. – Moskva: Znanie, 1996. – 312 s.
Mishra P., Koehler M. J. Technological pedagogical content knowledge: A framework for teacher knowledge // Teachers College Record. – 2006. – Vol. 108, No. 6. – P. 1017–1054.
Darling-Hammond L. Teacher education around the world: What can we learn from international practice? – London: Routledge, 2017. – 320 p.
Fullan M. The new meaning of educational change. – 5th ed. – New York: Teachers College Press, 2020. – 432 p.