ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA “XALQ” OBRAZINING ADABIY-IRFONIY TALQINLARI

Mualliflar

  • Malik Tog‘aymurodov Shahrisabz davlat pedagogika instituti Author

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, xalq obrazi, tasavvufiy talqin, ishq va ma’rifat, Haq va xalq munosabati, riyo va ixlos, sufiylik poetikasi.

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot Alisher Navoiy ijodida “xalq” tushunchasi va obrazining ko‘pqatlamli badiiy-irfoniy talqinlarini tizimli ravishda yoritishga bag‘ishlangan. Maqolada “xalq” atamasining lug‘aviy, tasavvufiy va poetik ma’nolari aniqlanib, u Navoiy tafakkurida olami xalq, jahoni xalq, sirri xalq, xalq bi’l-himmat va xalqi jadid kabi tushunchalar orqali qanday irfoniy-axloqiy mazmun kasb etishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Navoiy lirikasida xalq obrazining ishq, ixlos, riyo, tavakkul, xizmat va ma’rifat kontekstlaridagi ziddiyatli qirralari ochib berilib, xalqning ba’zan g‘aflat va malomat timsoli, ba’zan esa hikmat, tajriba va axloqiy mezon sifatida namoyon bo‘lishi dalillanadi. Shoir g‘azallaridagi misollar asosida xalq obrazining “Haq – xalq – oshiq” uchligi doirasidagi funksional o‘rni yoritilib, uning tasavvufiy safardagi sinov va imtihon maydoni sifatidagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Natijada Navoiy poetikasida xalq obrazi shunchaki ijtimoiy omma emas, balki chuqur irfoniy-falsafiy yuklamaga ega badiiy kategoriya ekani ilmiy asosda isbotlanadi.

Iqtiboslar

1. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. 3-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2012. – 764 b.

2. Alisher Navoiy. Badoye’ ul-vasat. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. 3-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2012. – 764 b.

3. Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. Farhod va Shirin. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. 6-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2012. – 812 b.

4. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. Э.И.Фозилов таҳрири остида. Тўрт томлик, учинчи том. – Тошкент: “Фан”, – 624 б.

5. Avaznazarov O. Mumtoz adabiyot namunalari uchun tasavvuf lug‘ati. – Toshkent: “Tavfiqnashr”, 2025. – 458 b.

6. Uludağ S. Таsavvuf terimleri sözlüğü. – İstanbul: Kabalcı Yayıncılık, 2016. – 440 s.

7. Шамсиев П., Иброҳимов С. Навоий асарлари луғати. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1972. – 784 б.

Nashr qilingan

2026-01-29